The Breadwinner — multfilmi 2017-yilda Irlandiyalik Cartoon Saloon nomli animatsiya studiyasida Nora Twomey tomonidan ishlab chiqilgan. Multfilm Deborah Ellisning eng koʻp sotilgan romani asosida Kanada, Irlandiya Respublikasi va Lyuksemburg oʻrtasida xalqaro hamkorlikda ishlangan boʻlib, 2017-yil noyabr oyining oʻn yettinchi sanasida ayrim cheklovlar bilan ommaga taqdim etilgan. 2017-yil sentyabr oyida Toronto xalqaro kinofestivalida ushbu multfilmning butun jahon premyerasi boʻlib oʻtgan, unda The Breadwinner multfilmi „Eng yaxshi animatsion film“ mukofotini qoʻlga kiritgan.

The Breadwinner

Teatrlashtirilgan asar
Rejissyor(lar) Nora Twomey
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
The Breadwinner
–Deborah Ellis
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Sheldon Lisoy
Muharrir(lar) Darragh Byrne
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakatlar
  • Kanada
  • Irlandiya
  • Luksemberg
Til Ingliz tili
Byudjeti $1 million
Daromadi $4,442,537[6][7]

Syujeti

tahrir

Multfilm voqealar rivoji 2001-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻsha vaqtlarda Parvana ismli 11 yoshli qizaloq Tolibonning Afgʻoniston Islom Amirligi qoʻl ostidagi Kobul shahrida yashardi. Huddi shu davrda terrorga qarshi urush boshlanayotgan edi. Uning otasi Nurullah sobiq maktab oʻqituvchisi boʻlgan, ammo keyinchalik Sovet-Afgʻon urushida chap oyogʻini yoʻqotib savdogarlik bilan shugʻullana boshlagan. Bir kuni kechki ovqat vaqtida, tolibonlardan biri shavqatsiz Idrees Nurullohni bozorda narsa sotayotgan vaqtida o'zini haqorat qilganlikda ayblab qamoqqa olib ketadi. Parvananing oilasi shu voqeadan soʻng yashash uchun mablagʻsiz qolib ketishadi, sababi tolibonlar ayollarning erkak qarindoshisiz koʻchaga chiqishini taqiqlagan edi. Parvananing akasi Sulayman bir necha yil avval vafot etgan, uyda onasi Fattema, opasi Soraya va hali juda kichkina boʻlgan ukasi Zaki qolgan edi. Parvana va onasi otasining hibsga olinishi ustidan shikoyat qilgani qamoqxonaga bormoqchi boʻladi, ammo bir erkak koʻchaga mahramisiz chiqqani uchun uni ayovsiz kaltaklaydi va agar yana koʻchaga chiqsa qamoqqa olinishini aytib tahdid qiladi.

Keyinchalik Parvana oilasiga oziq-ovqat sotib olgani bozorga borganida savdogarlar tolibonlardan qoʻrqib unga narsa sotimaydi. Parvana oilasining bu holatiga chiday olmay, ularga yordam berish maqsadida sochlarini kesib, oʻgʻil bola koʻrinishiga kirib oladi va odamlarga oʻzini Nurullahning jiyani „Aatish“ deb tanishtiradi. Shundan soʻng Parvana ham ovqat, ham pul topishga qodir boʻladi. Oʻgʻil bola qiyofasiga kirib olgan yana bir yosh qiz Shauzianing maslahati bilan Parvana otasini koʻrish uchun qamoqxona qoʻriqchisiga pora bermoqchi boʻladi. Ammo qoʻriqchi uni haydab yuboradi, lekin koʻproq pul olib kelish uchun yana ishlaydi va Shauzia bilan ogʻir mehnatlarni qila boshlashadi. Shauzia aslida zoʻravon otasidan qochib ketish maqsadida pul yigʻish uchun harakat qilayotgan boʻladi. Bu orada Fattema Mozori-Sharifdagi qarindoshiga qizini unga turmushga berish sharti bilan boshpana berishini va himoya qilishini soʻrab maktub yozadi. Bir kuni Parvana Idreesning sobiq sherigi Razaqni uchratadi. Razaq savodsiz boʻladi va u Parvanaga xotinidan kelgan xatni oʻqib berishi uchun pul toʻlaydi, afsuski xatda Razaqning xotini yoʻlda jon bergani yozilgan edi. Ular doʻstlashishadi va ora-orada uchrashib turishadi, shu vaqt davomida Parvana Razaqqa oʻqish va yozishni ham oʻrgatadi.

Parvana va Shauzia koʻproq pul topish uchun ogʻir mehnat bilan shugʻullanadi, afsuski oʻsha yerda Idreesni ham uchratadi. Idrees Parvanani tanib qoladi va uni tutib bermoqchi boʻlganida Parvana uni tosh bilan jarohatlaydi. Parvana va Shauzia Idreesdan qochishga muvaffaq boʻladi. Parvana uyiga qaytganda onasi bu ishlarni toʻxtatishini oʻtinib soʻrab, ertaga qarindoshlari kelishini va Sorayani olib ketishlarini aytadi. Razaqning bir jiyani Nurullah yotgan qamoqxonada ishlashini bilgan Parvana otasiga oilasi bilan qayerga koʻchib ketayotganini aytish uchun qamoqxonaga borishga ahd qiladi. U 20 yildan keyin albatta koʻrishishlariga vaʼda berib, koʻzida yosh bilan Shauzia bilan xayrlashadi. Parvana qamoqxonaga boradi, urush sababli tez orada yoʻllar yopilib qolishini pesh qilib Fattemaning qarindoshi uni Parvanasiz ketishga majburlaydi. Ammo Fattema bunday qila olmaydi va jiyani uni yoʻlda tashlab ketadi.

Parvona qamoqxonaga kelib Razaqni topadi, lekin uning jiyani allaqachon urushga joʻnatilganini bilgan Razaq Parvanani nima qilib bo'lsa ham Nurullahning oldiga kiritishga vaʼda beradi. U qamoqxonaga kirganida, tolibonlar jang qila olmaydigan va zaif mahbuslarni qatl qilayotganligiga guvoh boʻladi. Razaq Nurullahni qutqarayotgan vaqtida yelkasidan oʻq yeydi, ammo ota va qizni uchrashtirishga muvaffaq boʻladi. Parvana otasini olib ketadi va qolgan oila aʼzolarini ham topib, Afgʻonistonni tark etishadi.

Suratga olinishi

tahrir

2016-yilning may oyida multfilmni yaratish ishlari boshlangani eʼlon qilingan edi. The Breadwinner filmi Kanadadagi Aircraft pictures va Irlandiyadagi Cartoon Saloon kompaniyalarining qoʻshma hamkorligi asosida yaratilgan. The Breadwinner multfilmi Angelina Joliening proyuserligi va Nora Twomeyning rejissyorligi asosida romandan ekranlashtirilgan. Twomey Irlandiyalik animator, rejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser va dublyaj ustasi hisoblanadi. Shuningdek, Irlandiyada joylashgan Cartoon Saloonning asoschisi va shu multfilmda asosiy animatsiyani ham Twomey bajargan. „Animatsiya bu juda katta narsa, shuning uchun ham u shunchaki bolalar ovunchogʻi boʻlishi kerak emas. Men yoshlar va kattalar ham bu multfilmni koʻrishini xohlayman. Bu film hech kimni yerga urish maqsadida chiqarilmagan“ deydi Nora Twomey[8]. 2018-yilda Twomey oʻz intervyusida Parvana ovozini ijro etuvchi kanadalik aktyor Saara Chaudryni kastingda ishtirok etganini maʼlum qilgan va shunday ta'kidlagan: „ Chaudryda 11 yoshli aktyor uchun noyob isteʼdod bor“.Chaudryning shaxsiyati Parvananing xulq-atvorini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Shuningdek, Mimi Polk Gitlin feministik Thelma va Louise dramasining ijrochi prodyuseri sifatida ishtirok etgan[9][10]. Twomey dublyaj jarayonidagi afgʻon shevasi va merosiga ham jiddiy eʼtibor qaratgan[9]. Ssenariyni ishlab chiqish jarayonida ssenariy muallifi Anita Doron amerikalik-afgʻon rassomi Aman Mojadidi bilan afgʻon madaniyati va butun dunyo nuqtai nazarini muvozanatda ushlash uchun birgalikda ishlagan[8].

Filmning ilk namoyishiga maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari taklif qilingan, filmni tomosha qilish jarayonida ular hatto yigʻlab ham yuborgan[9].

Musiqasi

tahrir

Film musiqasi aka-uka Michael va Jeff Danna tomonidan yaratilgan. Ijrochilar orasida Afgʻoniston Milliy musiqa instituti tomonidan tashkil etilgan yosh qizlar xori ham bor[11].

Daromadi

tahrir

Film Shimoliy Amerikadagi ochilish marosimida 17 395 dollar ishlab topgan. 17-avgust, 2018-yil(2018-08-17) holatiga koʻra, AQSh va Kanadada The Breadwinner $313,381 foyda koʻrgan[12].

Tanqidiy javoblar

tahrir

Rotten Tomatoes saytiga koʻra film 105 ta sharh asosida 95% ijobiy reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 7,90/10[13]. Metacritic saytida film 20 nafar tanqidchining sharhlari asosida 100 balldan 78 ballga ega bo'lgan[14].

Kennet Turan Los Anjeles Times filmga ijobiy sharh bergan „…The Breadwinner yana bir bor bizga eng yaxshi animatsiya qanday boʻlishini eslatib oʻtdi“[15]. Mark Kermode The Guardian gazetasida yozishicha filmga 5/5 yulduz bergan[16].

The Washington Post gazetasi muxbiri Vanessa X. Larson filmga 4 balldan 3.5 ball berib, filmdagi qahramonlarning tasviri va Kobulning madaniyati uchun maqtab ham qoʻygan[17].

Kanadalik ayollar tashkiloti direktorining oʻrinbosari Abdul Rahim Ahmad Parwani aytadiki, „Film tugagandan va chiroqlar qayta yoqilgandan keyin men koʻplab afgʻonlarning koʻzlarida yoshni koʻrdim. Men ham koʻz yoshlarimni toʻxtata olmadim“[18].

Maqtovlar

tahrir

Film Eng yaxshi animatsion film nominatsiyasida gʻolib boʻlgan, oʻnta Annie Award nominatsiyani qoʻlga kiritgan.

Yutuqlari Sana Kategoriya Qabul qilganlar Natija Manbalar
Academy Awards 4-mart 2018-yil Eng yaxshi animatsion film Nora Twomey va Antoniy Leo Nominatsiya [19]
Annie Awards 3-fevral 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Gʻolib [20]
Animatsion filmdagi asar qahramoni Reza Riahi, Louise Bagnall, Alice Dieudonné Nominatsiya
Animatsion filmga rejissiyorlik qilish Nora Twomey Nominatsiya
Animatsion filmdagi qoʻshiq Mychael Danna, Jeff Danna Nominatsiya
Animatision film dizayni Ciaran Duffiy, Juliyen Regnard, Daby Zaynab Faidhi Nominatsiya
Animatsion filmda grafik dizaynerlik Julien Regnard Nominatsiya
Animatsion filmda dublyaj Saara Chaudry Nominatsiya
Laara Sadiq Nominatsiya
Animatsion film ssenariysi Anita Doron Nominatsiya
Kanada ekrani mukofoti 2018-yil 11-mart Eng yaxshi rasm Andrew Rosen, Anthony Leo, Paul Young, Tomm Moore, Stéphan Roelants Nominatsiya [21][22]
Eng yaxshi ssenariy Anita Doron Gʻolib
Eng zoʻr tahrir Darragh Byrne Nominatsiya
Eng yaxshi dublyaj ishi Nelson Ferreira, John Elliot, J. R. Fountain, Dashen Naidoo, Tyler Whitham Gʻolib
Eng yaxshi original daraja Mychael Danna, Jeff Danna Gʻolib
Eng yaxshi original qoʻshiq The Crown Sleeps, Qais Essar va Joshua Hill Gʻolib
Cinema for Peace Awards 2018-yil Cinema for Peace Award for Justice Nora Twomey Gʻolib [23]
Critics' Choice Movie Awards 11-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [24]
Oltin Globus mukofoti 7-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [25]
Golden Tomato mukofoti 3-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film (2017) The Breadwinner 4-oʻrin [26]
Irlandiya animatsiyasi mukofoti 23-mart 2019-yil Eng yaxshi Irlandiya filmi The Breadwinner Gʻolib [27]
Los Anjles filmlar tanqidi assotsiatsiyasi 13-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Gʻolib [28]
Vashington filmlar tanqidi assotsiatsiyasi 8-dekabr 2017-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [29]

Manbalar

tahrir
  1. filmmusicreporter.. „Mychael & Jeff Danna to Score 'The Breadwinner'“. Film Music Reporter (2017-yil 2-iyun). Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  2. Wolfe, Jennifer. „Cartoon Saloon, Aircraft Productions to Co-Produce 'The Breadwinner'“. Animation World Network (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  3. McLean, Tom. „Aircraft, Cartoon Saloon Partner on 'The Breadwinner'“. Animation Magazine (2015-yil 5-mart). Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  4. Milligan, Mercedes „Guru Joins 'Breadwinner' Production“. Animation Magazine (2016-yil 7-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
  5. den Hartog, Max „Angelina Jolie Joins Cartoon Saloon's 'The Breadwinner' as Executive Producer“. Rotoscopers (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  6. „The Breadwinner (2017)“. The Numbers. Nash Information Services. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  7. „The Breadwinner“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  8. 8,0 8,1 Mason. „An Interview with Nora Twomey, Director of The Breadwinner — A New Film That Tells The Amazing…“ (en). Medium (2017-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  9. 9,0 9,1 9,2 „7 Things We Learnt from Nora Twomey, Director of 'The Breadwinner'“ (en-GB). Curzon Blog. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  10. Desowitz. „'The Breadwinner': How Nora Twomey Made an Animated Oscar Contender About Female Empowerment with Help from Angelina Jolie“ (en). IndieWire (2017-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  11. The Danna Brothers Win Over Audiences With „The Breadwinner“ 18 December 2017, bmi.com, accessed 15 March 2019
  12. „The Breadwinner (2017)“. The Numbers. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  13. „The Breadwinner (2017)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  14. „The Breadwinner Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  15. Turan. „'The Breadwinner' is a striking and affecting animated film set in modern Kabul“. Los Angeles Times (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  16. Kermode, Mark. „The Breadwinner review – a girl's courage on the streets of Kabul“. The Guardian. Guardian News and Media (2018-yil 27-may). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  17. Larson, Vanessa H.. „'The Breadwinner,' about a Kabul girl, features gorgeous animation but a so-so story“. The Washington Post (2017-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  18. Kumar. „If Afghanistan Ran The Oscars, 'The Breadwinner' Would Triumph“ (en). NPR.org (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  19. Variety Staff. „'Oscar Nominations 2018: The Complete List“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  20. Hipes. „Annie Awards: Disney/Pixar's 'Coco' Tops Nominations“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  21. Amidi. „'The Breadwinner' Nominated For 6 Canadian Screen Awards, Including Best Picture“. Cartoon Brew (2018-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  22. Academy of Canadian Cinema and Television. „Maudie, The Breadwinner, Hochelaga, Land of Souls, Rumble: The Indians Who Rocked the World, Kim's Convenience, Alias Grace and The Amazing Race Canada Among 2018 Canadian Screen Awards Winners“. PR Newswire. Cision (2018-yil 12-mart). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  23. „Nominations 2018“ (en-US). Cinema for Peace Foundation. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  24. Tapley. „'Shape of Water' Leads Critics' Choice Film Nominations“. Variety. Penske Business Media (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
  25. Variety Staff. „Golden Globes Winners: Complete List“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 7-yanvar). 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  26. „Best Animated Movies 2017“. Rotten Tomatoes. Fandango Media (2017-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  27. „2019 Winners“. Irish Animation Awards. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
  28. „43rd Annual Los Angeles Film Critics Association Awards“. Los Angeles Film Critics Association. 2017-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
  29. Gordon. „The 2017 WAFCA Awards“. Washington D.C. Area Film Critics Association (2017-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.