Foydalanuvchi:Tolibjonova/qumloq

Alisher Navoiyning"Oqquyunli muxlislar devoni"

"Oqquyunli muxlislar devoni" Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan 2-devon hisoblanadi. Bu devon 2012-yil adabiyotshunos olim Aftondil Erkinov tomonidan jahon qo'lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o'rganish asosida topilgan. Mazkur devon Alisher Navoiyning Oqquyunlilar(Ozarbayjon va G'arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan o'g'uz turklari)hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan 1471-yilda tuzilgan bo'lib, hozircha shartli ravishda "Oqquyunli muxlislar devoni" nomi bilan yuritilmoqda.Devonni Anisiy taxallusi bilan she'rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Sherozda ko'chirilgan.Devonda jami 229 ta she'r bo'lib, 224 tasi g'azal,1 ta mustazod, 3 ta muxammas, 1 ta tarji'banddan iborat.Bu najmuadagi 224 ta g'azaldan 217 tasi"Badoyi' ul-bidoya"ga,1 tasi "Navodir un-nihoya"ga kiritilgan.Devondagi 85%g'azal "Ilk devon"da uchramaydi.Bu mazkur g'azallarning katta qismi 1466-yildan keyingi 5 yil ichida(1471-yilgacha)yozilganidan dalolat beradi. Devondagi g'azallarning aksariyati 5 yoki 7 baytdan tashkil topgan.

Oqquyunlilar saltanatinig asosiy aholisi o'g'uz turklari bo'lgani uchun mazkur devonda Alisher Navoiyning she'rlari o'g'uz lahjasiga moslashtirib ko'chirilgan.Masalan,quyosh-gunash,tosh-dosh , ber-ver, yig'lar-ag'lar, bor-vor,emas-emaz, sarg'arib-sararub,yo'q-yo'x tarzida berilgan.

"Oqquyunli muxlislar devoni"ning hozirga qadar bittagina qo'lyozmasi ma'lum bo'lib,u Qohira shahridagi Misr milliy kutubxonasida Lit.Turc.68 raqami ostida saqlanmoqda.