Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Gaston Browne
Gaston Browne | |
---|---|
Browne (2022-yil) | |
Antigua va Barbudaning 4-bosh vaziri | |
Mansab davri 2014-yil 13-iyun | |
Oʻtmishdoshi | Baldwin Spencer |
Caribbean jamiyatining raisi | |
Mansab davri 2021-yil 1-iyul[1] – 2021-yil 31-dekabr[1] | |
Oʻtmishdoshi | Keith Rowley |
Vorisi | Johnny Briceño |
Mansab davri 2014-yil 1-iyul[2] – 2014-yil 31-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Ralph Gonsalves |
Vorisi | Perry Christie[3] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Gaston Alfonso Browne 9-fevral 1967-yil Villa, Antigua va Barbuda |
Siyosiy partiyasi | Leyboristlar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Maria Bird-Browne |
Taʼlim |
City bank kolleji Manchester universiteti |
Gaston Alfonso Browne (1967-yil 9-fevralda tugʻilgan) — Antigua va Barbuda bosh vaziri. 2014-yil u Leyboristlar partiyasiga rahbarlik qilgan. Siyosatga kelishidan oldin u bank va biznes sohasida foaliyat yuritgan.
Hatyoti
tahrirBrowne 1967-yil 9-fevralda Antigua va Barbuda egizak orolidagi Villa hududida tugʻilgan. U tugʻilishidan bir necha kun oldin Antigua davlat assotsiatsiyasi tashkil etilgandi. Uning oʻsmirlik hayoti juda ogʻir kechgan. Bolaligida u Pointda oʻzining saksondan oshgan, qisman koʻr, kambagʻal va keksa buvisi bilan yashagan. Buvisi vafot etganidan soʻng, u Pointning boshqa qismiga koʻchib oʻtadi.
Taʼlimi
tahrirOʻrta taʼlimni tugatgandan soʻng, Browne Buyuk Britaniyadagi City Banking kollejida oʻqidi va u yerda bank va moliya boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Keyinchalik u Manchester universitetida oʻqidi va moliya boʻyicha MBA darajasini qoʻlga kiritdi[4][5].
Mehnat faoliyati
tahrirOʻqishni tamomlagandan soʻng, Browne Antigua va Barbudadagi yirik banklarda ishlagan. Shuningdek, u Shveysariya Amerika Banking guruhida oʻz faoliyatini yuritgan. Biroz vaqtdan soʻng, Browne tijorat banki menejeri lavozimigacha koʻtarilgan.
U siyosiy maydonga 1999-yilda Jon Siti West saylov okrugidan parlamentga saylanganida kirgan. U deputat sifatidagi birinchi muddatda savdo, sanoat, va davlat xizmati vaziri etib tayinlangan.
Browne 2012-yil noyabr oyida Leyboristlar partiyasi uchun boʻlib oʻtgan saylovlarda 213 ga 180 ball bilan Lester Birdga qarshi chiqdi va uni magʻlub etdi. 2012-yil dekabr oyida u muxolifat yetakchisi etib tayinlangan[6].
Irma toʻfoni oqibatlari
tahrir2017-yil 6-sentyabrda „Irma“ toʻfoni Barbuda orolini qamrab oldi. Gaston Brownening taʼkidlashicha bu 5-toifali boʻron boʻlib inshootlar va transport vositalarining 95 foizini vayron qilgan[7]. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ofat tufayli orol aholisining kamida 60 foizi uysiz qolgan. Barbuda bilan barcha aloqalar bir muddat butunlay uzilib qoldadi chunki aloqa tizimining koʻp qismi vayron boʻlgan edi[8].
2017-yil 8-sentyabrda Braun intervyu paytida vaziyatni quyidagicha tasvirlab berdi: „Barbuda hozir suv va telefon xizmati yoʻq va faqatgina bitta oʻlim qayd etilgan“[9]. Hukumat deyarli butun orolni evakuatsiya qilgan. 1800 kishi Antiguaga oʻtkazildi[10].
Oʻsha kuni AQShdan uchta yuk samolyoti odamlarni evakuatsiya qilish uchun keldi. AQSh Barbuda uchun 120 000 funt sterlingdan ortiq gumanitar yordam bilan ham qoʻllab-quvvatlaydi. Xarajatlar Antigua va Barbuda hukumati hamda Martin Franklin va AQShdagi Koulman kompaniyasi xayriyalari hisobidan qoplandi[11]. Shuningdek, 8-sentyabr kuni Browne Barbudaning shoshilinch ehtiyojlarini Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi maʼmuri Mark Grin bilan muhokama qildi. USAID Barbudaga tabiiy ofatlarga yordam berish guruhini yuborgan[12].
Browne hukumati katta muammoga duch keldi. Time nashri tomonidan eʼlon qilingan hisob-kitoblarga koʻra, uylar va infratuzilmani tiklash uchun 100 million dollardan ortiq mablagʻ kerak boʻlgan. Filmor Mullin, Antigua va Barbuda tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy idorasi direktorining xabar berishicha barcha muhim infratuzilma va kommunal xizmatlar vaqtinchalik mavjud boʻlmagan (oziq-ovqat taʼminoti, dori-darmon, boshpana, elektr energiyasi, suv, aloqa, chiqindilarni boshqarish). U vaziyatni quyidagicha sarhisob qildi: „Kommunal infratuzilmani toʻliq qayta qurish kerak. Shuningdek, Hamma narsani olti oyda ichida qayta qurishimiz mumkin. Tabiiy ofatlarni boshqarishdagi 25 yillik faoliyatim davomida hech qachon bunday holatni koʻrmaganman“[13].
Respublikachilik harakatlari
tahrirQirolicha vafotidan soʻng, Browne uch yil ichida mamlakatning respublika boʻlishi boʻyicha referendum oʻtkazishga aholini chaqirdi. ITVga bergan intervyusida u shunday dedi: „Bu dushmanlik harakati yoki Antigua va Barbuda va monarxiya oʻrtasidagi farq emas, biz haqiqatan ham suveren davlat ekanligimizni taʼminlash uchun oxirgi qadamdir“. Natijadan qatʼiy nazar, mamlakat Hamdoʻstlik aʼzosi boʻlib qolishini qoʻshimcha qildi, u oʻz intervyusida[14][15].
Oilasi
tahrirBrowne ikkinchi bosh vazir Lester Birdning jiyani Mariya Bird-Brownega uylangan[16]. Er-xotinning shahzoda Gaston Browne ismli oʻgʻli bor. U Brownening toʻrtinchi farzandi hisoblanadi. Chunki uning nikohdan oldin uchta farzandi boʻlgan[4]. 2020-yil sentyabr oyida ularning ikkinchi farzandi dunyoga keladi[17].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 https://caricom.org/wp-content/uploads/Rotation-Schedule-for-the-Chairmanship-of-the-Conference-Jan-2018-Jun-2025.pdf [formatsiz URL PDF]
- ↑ „thebahamasweekly.com - PM leads ministerial delegation to CARICOM Heads meetings“. www.thebahamasweekly.com.
- ↑ „Opening Remarks by Rt. Hon. Perry G. Christie Prime Minister of the Bahamas and Chairman of the Conference of Heads of Government of CARICOM at the CARICOM - US Summit Kingston, Jamaica 9 April 2015“ (2015-yil 10-aprel).
- ↑ 4,0 4,1 „ABLP leader Hon. Gaston Browne ties the knot“, Caribbean Times.
- ↑ „Gaston Browne“, Henley Global.
- ↑ „Gaston Browne Is Antigua's New Opposition Leader“. www.radiojamaicanewsonline.com.
- ↑ Fowler, Tara. „Battered Caribbean islands brace for 2nd major hurricane in a week“. ABC News (2017-yil 8-sentyabr).
- ↑ Bosotti, Aurora.
- ↑ Laura Smith-Spark. „Deaths reported as Hurricane Irma batters northern Caribbean islands“. CNN (2017-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
- ↑ Loria. „Barbuda is trying to totally evacuate today ahead of Hurricane Jose after Hurricane Irma 'demolished' 90% of the island“. Business Insider (2017-yil 8-sentyabr).
- ↑ „Government's Hurricane relief for Barbuda begin arriving on Antigua Friday“. Antigua Observer Newspaper (2017-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
- ↑ „USAID Administrator Mark Green's Call with Gaston Browne, Prime Minister, Antigua and Barbuda“. usaid.gov. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
- ↑ „Hurricane Irma Flattens Barbuda, Leaving Population Stranded“. Time. Qaraldi: 7 November 2018.
- ↑ Das, Shanti. „Royals, republicanism and reparations: Wessexes feel the heat in Caribbean“ (en). The Guardian (2022-yil 1-may). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Antigua and Barbuda to hold republic referendum within three years, says PM“ (en). The Guardian (2022-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Antigua & Barbuda: Gaston Browne, New Opposition Leader — Begins Prepping for General Elections“, The Habari Network, 26, November 2012.
- ↑ „PM Browne says wife and baby are 'doing very well'“ (en-CA). Antigua Observer Newspaper (2020-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
Havolalar
tahrirOldingisi Donald Halstead
|
St. John's City West parlament a'zosi 1999 |
Amaldagi |
Partiya siyosiy idoralari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Antigua va Barbuda Labour Party boshlig'i 2012 |
Amaldagi |
Siyosiy idoralar | ||
Oldingisi | Antigua va Barbuda bosh vaziri 2014 |
Amaldagi |
Oldingisi | Antigua va Barbuda moliya vaziri 2014 | |
Oldingisi Ralph Gonsalves
|
Caribbean Community boshlig'i 2014 |
Keyingisi Perry Christie
|
Oldingisi Keith Rowley
|
Caribbean Community boshlig'i 2021 |
Keyingisi Johnny Briceño
|