Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Vanderbilt Gloriya

Vanderbilt Gloriya

Vanderbilt (1959-yil)
Tavalludi 20-fevral 1924-yil
Nyu-York shahri, AQSH
Vafoti 17-iyun 2019-yil(2019-06-17)
(95 yoshda)
Nyu-York shahri, AQSH
Kasbi
  • Rassom
  • aktrisa
  • moda dizayneri
  • sotsialist
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 4
Otasi Reginald Claypoole Vanderbilt
Onasi Gloria Morgan Vanderbilt

Gloriya Laura Vanderbilt (inglizcha: Gloria Laura Vanderbilt ;1924-yil 20-fevral, Manxetten, Nyu-York — 2019-yil 17-iyun, Manxetten, Nyu-York) — amerikalik aktrisa, rassom, yozuvchi, sotsialist va dizayner. U mashhur Vanderbilt oilasining aʼzosi hisoblanadi. CNN boshlovchisi Anderson Cooperning onasi.

Hayoti

tahrir

Gloriya 1924-yilda Nyu-Yorkda tugʻilgan. U temir yoʻl magnati Reginald Kleypul Vanderbilt (1880-1925)[1] va uning ikkinchi xotini Gloriya Morganning (1904-1965) yagona farzand edi[2][3].

Gloriya Vanderbilt 1925-yilda jigar sirrozidan vafot etgan otasining besh million dollarlik ishonchli jamgʻarmasining yarmiga merosxoʻr boʻldi. Uning onasi Gloriyani tez-tez oʻzi bilan Evropaga olib borgan va ular asosan Parijda koʻp vaqt oʻtkazishgan. Ular bilan birga Gloriyaning bolaligidagi enagasi Dodo [4] va onasining egizak singlisi Thelma hamrohlik qilgan[5].

 
Gloriya Laura Vanderbilt onasi bilan (1928-yil)

Gloriyaning otasining singlisi Gertrud Vanderbilt Uitni Gloriyaning Qoʻshma Shtatlardan Parijga bunday sayohatlarga nisbatan salbiy munosabatda boʻlgan va jiyanini vasiylikka olishga harakat qilgan. 1934-yilda Gloriyaning onasining koʻplab janjallar bilan birga baland ovozda sud majlisi boshlandi, sudya u yerda sodir boʻlayotgan voqealarga chiday olmay, bir necha bor sud zalini tark etdi[6][7]. Natijada Gloriya Morgan ishni yutqazdi va Gertrude Vanderbilt Uitni qizining vasiyligini oldi[8].

Gloriya bolaligini Gertruda xolasining Long-Aylenddagi hashamatli uyida oʻtkazdi. Gloriya Morganga qizini koʻrishga ruxsat berildi.

Vanderbilt taʼlimni Long-Aylendda olgan. Shuningdek, u Konnektikut va Rod-Aylenddagi xususiy maktablarda oʻqigan[9][10]. Nyu-Yorkdagi Sanʼat talabalari ligasi bilan mashgʻulotlarda qatnashdi. Bu esa unga sanʼatga boʻlgan muhabbat va ishtiyoqni uygʻotdi. Voyaga etganidan soʻng, u onasiga moliyaviy yordam berishdan bosh tortgan. Keyingi yillarda u onasi bilan ancha keskin munosabatlarni saqlab qoldi. Uning onasi umrining qolgan qismini singlisi bilan Beverli-Xillzda oʻtkazgan. Gloriya Morgan 1965-yilda vafot etdi.

1950-1960-yillar oxirida Gloriya Vanderbilt bir nechta teleseriallarda rol oʻynagan.

1960-yillarning oxirida Vanderbilt oʻzining choyshablari, idish-tovoqlari, vilkalari va pichoqlarini ishlab chiqarishni boshladi. 1970-yillarda u biznes brendini modellashtirishni kashf etdi. 1976-yilda hind model korporatsiyalaridan birining taklifi bilan Vanderbilt oʻzining jinsi shimlarini ishlab chiqardi. Jinsi shimning orqa choʻntaklarida uning nomi va oqqush logotipi bor edi. Tez orada Gloria Vanderbilt brendi bluzkalar, poyabzallar, charm buyumlar, likyorlar, parfyumeriya va turli aksessuarlar ishlab chiqarishga oʻtdi. Vaqt oʻtishi bilan Gloria Vanderbiltning jinsilari, Calvin Klein va Armani jinsi shimlari kabi, butun dunyo boʻylab katta shuhrat qozongan klassik brendga aylandi.

Gloriya Vanderbilt butun hayoti davomida modellashtirish biznesida ishtirok etishdan tashqari, koʻplab ommaviy tadbirlarda qatnashgan juda taniqli shaxs edi.

Keyinchalik Gloriya Vanderbilt oʻzning barcha brendlari huquqlarni sotdi. Gloria Vanderbilt parfyumlari L'Oréal tomonidan soʻnggi oʻttiz yil davomida ishlab chiqariladi[11].

2009-yil yozida uning "Obsessiya: Erotik ertak" (ruscha: Одержимость: Эротические рассказы) nomli avtobiografik asari ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi.

Oilasi

tahrir
 
Anderson Kuper, Gloriya Vanderbiltning oʻgʻli

1941-yilda Vanderbilt Gollivudga koʻchib oʻtdi va u yerda oʻsha yili agent Pasquale Pat DiCiccoga uylandi (inglizcha: Pasquale "Pat" DiCicco)[12]. Uning birinchi nikoh hayotida qisqa boʻldi. U 1945-yilda Pasquale Pat bilan ajrashdi.

Ajralishgandan soʻng u dirijyor Leopold Stokovskiga turmushga chiqdi. 1950-yilda Leopold Stokovskidan Leopold Stanislaus va 1952-yilda Kristoferdan ikki oʻgʻil tugʻgan.

Uning uchinchi eri taniqli rejissyor Sidney Lumet edi. Ularning toʻyi 1956-yilning yozida boʻlib oʻtdi. Etti yillik nikohdan va Lumetning ajralishlari sababli oʻz joniga qasd qilishga urinishidan soʻng, er-xotin nihoyat 1963-yilda ajrashishdi.

Oʻsha yilning qishida Vanderbilt yana yozuvchi, ssenariynavis va aktyor Uayt Emori Cooperga turmushga chiqdi. Bu nikoh ajralish bilan emas, balki erining oʻlimi bilan yakunlangan yagona nikoh edi. Cooper 1978-yilda ochiq yurak operatsiyasi paytida vafot etdi. Uning toʻngʻich oʻgʻli Karter Vanderbilt Kuper 1988-yilda 23 yoshida onasi koʻz oʻngida 14-qavatdagi kvartiraning derazasidan sakrab oʻz joniga qasd qilgan. Kenja oʻgʻli Anderson Kuper dastlab model, keyinchalik jurnalist boʻlib ishlagan. 2003-yildan beri Cooper CNN telekanalida oʻzining yangiliklar koʻrsatuvini olib boradi.

Koʻp yillar davomida Gloriya Vanderbilt fotograf va musiqachi Gordon Parks bilan ishqiy munosabatda boʻldigan[13].

Vanderbilt moda dizayneri Diane fon Furstenbergning juda yaqin doʻsti edi. 2011-yil 19-sentabrda oʻgʻli Anderson Cooperning televizion tok-shousida mehmon sifatida ishtirok ekan. Vanderbilt aktrisa Keti Griffinni oʻzining „xayoliy qizi“ deb atagan[14].

Oʻlimi

tahrir

Vanderbilt 2019-yil 17-iyun kuni Manxettendagi uyida 96 yoshida, unga oshqozon saratoni tashxisi qoʻyilganidan 9 kun oʻtib vafot etdi[15].

Pop madaniyatida Vanderbilt

tahrir

Gloriya Vanderbiltning bolalik davridagi huquqiy janglari haqidagi hikoya 1982-yilda efirga uzatilgan va oltita Emmi va Oltin globus nominatsiyalariga sazovor boʻlgan "Kichik Gloriya" deb nomlangan NBC mini-seriali uchun asos boʻldi.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. A mother's story. Andoza:Нп3, 1996. ISBN 0-679-45052-1. 
  2. A mother's story. Andoza:Нп3, 1996. ISBN 0-679-45052-1. 
  3. Gloria Morgan Vanderbilt, with Palma Wayne, Without Prejudice (E P Dutton, 1936), page 118.
  4. „Mrs. Vanderbilt's Paris Life Exposed“. Lewiston Daily Sun (1934-yil 2-oktyabr). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-avgust.
  5. Goldsmith, Barbara, muh. (1982), Little Gloria...Happy at Last, Dell, ISBN 0440151201, qaraldi: 2010-08-13
  6. Vanderbilt, Gloria „"The Scarlet Sting Of Scandal" (2)“, . It Seemed Important At The Time: A Romance Memoir. New York, NY: Simon & Schuster, 2004 — 9-bet. ISBN 0-7432-6480-0. 
  7. „Gloria Vanderbilt Is Ward Of Court“. Lewiston Daily Sun (1934-yil 21-noyabr). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-avgust.
  8. Goldsmith, Barbara, muh. (1982), Little Gloria...Happy at Last, Dell, ISBN 0440151201, qaraldi: 2010-08-13Goldsmith, Barbara, ed. (1982), Little Gloria…Happy at Last, Dell, ISBN 0440151201, Data obraщeniya: 13 avgusta 2010
  9. Maroni, Gloria. „SOCIAL SIDE Vanderbilt at home at Wheeler, her happy place“. Providence Journal (1985-yil 26-may). 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-noyabr.
  10. „Times Daily — Google News Archive Search“. 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  11. Gloria Vanderbilt Fragrances
  12. Braund, Simon. „The Tragic And Twisted Tale Of The Three Stooges“ (en). Empire Magazine (2010-yil 1-iyun). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  13. „Gloria Vanderbilt + Gordon Parks“. The New York Times. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-aprel.
  14. Sarah Anne Hughes. „Anderson Cooper talks to mom Gloria Vanderbilt about brother's suicide (Video)“ (en). Washington Post (2011-yil 20-sentyabr). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
  15. „Anderson Cooper Reveals Mom Gloria Vanderbilt Died 9 Days After Stomach Cancer Diagnosis“. 2019-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.