Foydalanuvchi:XayrinisoJorayeva/qumloq
Jessie Bonstelle | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Laura Justine Bonesteel 30-noyabr 1871-yil |
Vafoti |
14-oktyabr 1932-yil (60 yoshda) Detroit Michigan Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Kasbi | Teatr menejeri, rejissyor, aktrisa |
Jessie Bonstelle (asl ismi Laura Justine Bonesteel; 1871-yil 18-noyabr[1][2] — 1932-yil 14-oktyabr) — amerikalik teatr rejissyori, aktrisa va drama truppasi rahbari. Onasining qo'llab-quvvatlashi bilan yoshligidanoq teatrda qo‘shiq aytib, rollar ijro etgan. Keyinchalik u mashhur yetakchi aktrisa bo‘lib yetishgan va Brodwayda bir necha bor chiqishlar qilgan. So'ngra, rejissyor sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab teatr truppalarini boshqargan. Brodvey spektakllariga rahbarlik qilgan, taniqli aktyorlarga aylangan ko‘plab yosh iste’dodlarni tarbiyalagan. 1925-yilda Detroit shahrida o'zining teatrini tashkil etgan. 1928-yilda Detroit Civic Theatre (Detroit Fuqarolik Teatri) sifatida qayta tashkil etilgan ushbu teatr, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi birinchi fuqarolik teatrlaridan biri bo'lgan va uning uslubi boshqa jamoa teatrlariga ta'sir ko'rsatgan. Uni "XX asr boshlarida sahna rejissyorligida yangi yo‘l ochgan ayollardan biri" deb ta’riflashgan[3] .
Bolalik davri
tahrirBonstelle Nyu-Yorkdagi Rochester shahrining chekkasida joylashgan Gretsiya shahri yaqinidagi otasining fermasida Helen va Joseph Bonesteel oilasida sakkiz aka-ukaning eng kichigi bo‘lib tug‘ilgan[4][5]. U 1871-yil 18-noyabrda dunyoga kelgan[1][3]. Dastlab familiyasi Bonesteel bo‘lgan. Keyinchalik u uni Bonstellega o‘zgartirgan. Bu o‘zgarish teatr e’lonida familiyasining xato yozilganini ko‘rgandan so‘ng yuz bergan[4][6].
O‘zi ham aktrisa bo‘lishni orzu qilgan Bonstellening onasi qiziga uyda o‘qish, yozish, qo‘shiq aytish, raqs tushish va hatto Shekspir asarlarini yoddan o‘qishni o‘rgatgan. Jessining ilk ommaviy chiqishi ikki yoshida cherkovda ichkilikka qarshi qo‘shiqlar kuylash bo‘lgan[4]. Helen qizida aktyorlikka bo‘lgan ishtiyoqni yaqin atrofdagi Rochester shahridagi teatrlarga tez-tez olib borish orqali uyg‘otgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Jessie Bonstelle biography“. Encyclopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ 1875,1880 census records „Ancestry.com“. Ancestry.com. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Fliotsos, Anne; Vierow, Wendy. American Women Stage Directors of the Twentieth Century. Urbana: University of Illinois Press, 2008 — 87–94-bet. ISBN 9780252032264.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Notable American Women, 1607–1950: A Biographical Dictionary, Volume 1. Harvard University Press, 1971 — 200–202-bet. ISBN 0674627342.
- ↑ „JESSIE BONSTELLE, ACTRESS, IS DEAD“. New York Times (1932-yil 15-oktyabr), s. 15. Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
- ↑ Shilling, Donovan A.. Rochester: Labor and Leisure. Charleston, SC: Arcadia Publishing, 2002 — 100-bet. ISBN 9780738510422.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Jessie Bonstelle mavzusiga oid fayllar bor