Boku choyxonasi, 1888

Ozarbayjon choy madaniyati – ozarbayjonlarning choy ichish usullari, an'anasi va isteʼmol qilish tarixi. Ozarbayjonda choy ichish odati keng tarqalgan[1],shuningdek, choy mehmondoʻstlik va memonlarga hurmat ramzi hisoblanadi[2]. Asosiy taomdan oldin choy berish anʼanaga aylangan. Ozarbayjonlar choy suhbat va tasodifiy muloqotga undaydi, deb hisoblashadi. Ozarbayjonda, asosan, uzun bargli qora choy isteʼmol qiliniladi[2]. Bugungi kunda Ozarbayjon Kavkazdagi choy mamlakati sanaladi[3].

2022-yilda Ozarbayjon va Turkiya choy madaniyati UNESCO Nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan[4].

Ozarbayjonda choy tarqalish tarixi

tahrir

Hozirgi Ozarbayjon hududida isteʼmol qilinadigan choy bir necha yilar oldin Xitoydan keltirilgan.

XIX asr oxirida tashabbuskor Novoselov M. O. Ozarbayjonning hozirgi Lenkeran tumani hududida tajriba uchun choy daraxti maydonlarni yaratgan. Shunday qilib, 1896-yilda u birinchi marta bu hududda choy koʻchatini ekkan va u yerda 1900-yilga kelib kichik tajriba maydonlari barpo etilgan[5]. Ammo ular sanoat ishlab chiqarish talablariga javob bermadi, qolaversa, 1920-yilda nobud boʻlgan. Sovet davrida choy ishlab chiqarishning rivojlanishi 1928-1929-yillarda Lenkeran, shuningdek, Zaqatala zonalarida qaytadan choy koʻchatlari ekilishiga olib keladi. 1932-1934-yillardan boshlab sanoat plantatsiya maydonlari barpo etilgan. 1937-yilda ozarbayjon choyining dastlabki qutilari ishlab chiqarildi[6].

Keyingi yillarda SSSR mahalliy choy – gruzin, krasnodar va ozarbayjon choylarini ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Natijada, 1988-yilga kelib, Ozarbayjonda 38,5 ming tonna tayyor choy (asosan, qora choy) ishlab chiqarilgan. 1983-yil Ozarbayjonda 9,3 ming gektar maydonda choy yetishtirilgan[7].

Biroq, SSSR parchalanib ketishi bilan Ozarbayjonda choy ishlab chiqarish yomonlashib, tanazzulga uchradi. Bundan tashqari, 1990-yillar Qorabogʻ mojarosi boʻlgani sabab, 1995-yilga kelib choy ishlab chiqarish hajmi 1,2 ming tonnaga kamaydi[6].

Manbalar

tahrir
  1. Г. А. Сергеева. Цахуры: этнокультурный облик в XX веке. — Расы и народы: Наука, 2001. — Т. 26. — С. 31.
  2. 2,0 2,1 Азербайджанская кухня. Шербеты. Чай. Сладости. Печенья. DirectMEDIA. ISBN 9785998937460. 
  3. В.П. Кобычев. Изменение материальной культуры народов Кавказа за годы Советской власти / под ред. В. К Гарданова. — Хозяйство и материальная культура народов Кавказа в XIX- XX вв: материалы к «Кавказскому историко-этнографическому атласу»: Наука; Глав. ред. восточной литературы, 1971. — Т. 1. — С. 26.
  4. https://ich.unesco.org/en/state/azerbaijan-AZ?info=elements-on-the-lists
  5. „В. В. Похлёбкин. Чай, его история, свойства и употребление“. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  6. 6,0 6,1 Владимир Михайлович Семёнов. „Азербайджанский чай“, . Чайные рецепты и чайные секреты. М.: Олма-Пресс, 2002 — 110-bet. ISBN 9785224038268. 
  7. И. С. Капанадзе, И. Г. Керкадзе. Полиплоидный чай. — журнал «Природа»: Издательство «Наука», 1983. — С. 44.