Fozilmon ota ziyoratgohi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Fozilmon ota ziyoratgohi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan janubiy-sharqiy hududida — Xonobod shahrining Fozil ota mahallasida joylashgan qadimiy yodgorlik[1].
Andijon shahri markazidan 72 km uzoqlikda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi chegara hududiga yaqin joyda joylashgan[2].[3]
Tarixi
tahrirFozilmon ota ziyoratgohi XIII asrda yashab oʻtgan diniy ulamo Sayyid Fozilmon Dehlaviy nomi bilan bogʻliq boʻlib, olamdan oʻtgach shu joyga dafn qilingan. XVI asr oxirida ushbu maqbara kuchli sel natijasida loyqa suv ostida qolgan. 1805-yilda ulamo, o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili shoir Xoʻjamnazar Xolmuhammad oʻgʻli Huvaydoning oʻgʻli Xolmuhammad Eshon ibn Huvaydo tomonidan qabr oʻrni aniqlanib, maqbara qayta tiklangan.
Meʼmorchiligi
tahrirFozilmon ota ziyoratgohi qurilishida Oʻrta Osiyo milliy meʼmorchiligi anʼanalari asosida qurilgan. 1996-yilda maqbara huddi shu uslubda taʼmirlanib, gumbazli koʻrinishda qayta tiklangan.
Geografiyasi
tahrirMaqbara hududida 2 asrga teng 56 tup chinor daraxtlari qad rostlagan. Manbalarda Fozilmon ota ziyoratgohi yaqinidan oqib oʻtuvchi buloqning suvi „tirik suv“ deb hisoblanadi va undan bir qancha asrlar davomida odamlar shifo topib kelishi haqida maʼlumotlar uchraydi[4]. Ushbu buloqning nomi — Fozilmon ota bulogʻi nomi bilan mashhur. Uning paydo boʻlganiga 600 yildan oshgan deyiladi[5].
Turistik salohiyati
tahrirFozilmon ota ziyoratgohiga Belorus Respublikasi, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Ukraina, Italiya, Xitoy, BAA, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlardan chet ellik sayyohlar tashrif buyirishadi. Mahalliy hamda islom diniga eʼtiqod qiluvchi sayyohlarga qur’on tilovat etish uchun shart-sharoitlar yaratilgan[5].
Adabiyotlar
tahrir- Eraliyev, Baxtiyor; Ostonaqulov, Ikromiddin; Abdulahatov, Nodirjon. O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolar(Andijon va Namangan viloyatlari), 2-nashr, Turon Zamin Ziyo, 2014 — 342-bet. ISBN 978-9943-335-74-5.
Manbalar
tahrir- ↑ „Fozilmon Ota ziyoratgohi“. uza.uz. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ „Fozilmon Ota ziyoratgohi“. meros.uz. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ {{https://www.google.com/maps/place/40%C2%B048'51.7%22N+72%C2%B059'42.0%22E/@40.814361,72.994988,955m/data=!3m2!1e3!4b1!4m4!3m3!8m2!3d40.814361!4d72.994988?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwNy4xIKXMDSoASAFQAw%3D%3D}}
- ↑ „Shoir Xuvaydoning oʻgʻli qayta tiklagan ziyoratgoh“. yuz.uz. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Ham ziyorat, ham sayohat“. xs.uz. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.