Hakima Fozilova (1952.4.2, Toshkent shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1988). 1971—97 yillarda Toshkent shahridagi maktablarda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 1997-yildan Sergeli tumanidagi 318-ixtisoslashgan maktab , bogʻcha majmuasi direktori oʻrinbosari.