Frédéric Mistral (1830. 8.9 — Meyan - 1914.25.3) - provansal shoiri. Eks-an-Provais shahrida huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1851). 1854-yilda pansionatdagi oʻqituvchisi J.Rumanil va bir pechta doʻstlari bilan uyushib, provansal tilining 12—13-asrlardagi yuksak mavqeini tiklashga intilgan. Bu uyushma aʼzolari "Felibrlar" ("Ilhom parisining shogir-di") deb atalgan. M.ning "Mireyo" dos-toni (1859) fsdibrlar harakatiga qat-tiq turtki boʻlgan. Doston markazida sevgilisiga yetolmay halok boʻlgan qiz turgan boʻlsa-da, asar Provans viloya-tining tabiatini, xalqining xarakterini aks ettirgan, unda folklorga boy provansal tilining barcha goʻzalliklaridan mahorat bilan foydalanilgan. "Oltin orollar" (1876), "Zaytun terimi" (1912) sheʼriy toʻplamlarida ham folklor ohanglari yorqin aks etgan. M.ning ulkan asari — "Felibrij xazinasi" provansalcha-fransuzcha lu-gʻati 1880—86 yillarda bir necha jildda bosilgan. Lugʻat oʻziga xos ensiklopediya boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1904)[4].

Frédéric Mistral
Tavalludi 8-sentyabr 1830[1][2]
Vafoti 25-mart 1914[1][2]
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[3] va Oksitan tili[3]
Fuqaroligi Fransiya[3]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 3,2 (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil