Frakiyaliklar — qad.da Bolqon yarim orolning shim. sharqida hamda Kichik Osiyoning shim.gʻarbida yashagan hindevropa guruhiga mansub qabilalar (daklar, getlar, besslar, odrislar, triballar va boshqalar)ning umumiy nomi. Dastlab, frakiyaliklar Adriatika dengizigacha boʻlgan hududni band etgan, lekin miloddan avvalgi taxminan 13-asrda illiriylar tomonidan Sharqqa siqib chiqarilgan. frakiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik (asosan, yilqichilik) va kulolchilik bilan shugʻullangan, kon sanoati va metallni qayta ishlash rivojlangan.

Egey va Qora dengizlari boʻylaridagi frakiyaliklar joylashgan hududda 8—7-asrlarda yunonlarning koloniyalari vujudga kelgan. Frakiyaliklar Xalslarning buyuk koʻchishi davrida boshqa qabilalar bilan aralashib, hozirgi xalqlar (bolgarlar, ruminlar va boshqalar)ning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Frakiyaliklar sanʼati (miloddan avvalgi 2ming yillik oxiri — 1ming yillik boshi)ga doir koʻplab nodir obidalar saqlanib qolgan.