Francisco Garrigós Rosa (talaffuzi: Fransisko Garrigos Rosa, 9-dekabr 1994-yil) – ispan dzyudochisi, 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, 2023-yilgi jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni, jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori.

Francisco Garrigós
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Tavallud sanasi 16-dekabr 1994-yil (1994-12-16) (29 yosh)
Móstoles, Madrid, Ispaniya
Boʻyi 163 sm
Vazni -60 kg
Sport
Mamlakat Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Hayoti

tahrir

Francisco Garrigós 1994-yilda Mostoles shahrida tugʻilgan. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, biroq birinchi jangda magʻlub boʻlgan va oʻz vazn toifasida atigi 17-oʻrinni egallagan. 2017-yilda Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. 2019-yilda Yevropa oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yil noyabr oyida Chexiya poytaxtida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Francisco turnirning bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Yarim finalda Francisco boʻlajak Yevropa vitse-chempioni rossiyalik Yago Abuladzega yutqazib qoʻyadi.

2021-yil aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ispaniyalik sportchi finalda fransiyalik Luka Mxeidzeni qoʻshimcha vaqtlarda magʻlub etib, faoliyatida ilk bor qitʼa chempioni boʻlgan. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik sportchi 60 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun kurashda fransiyalik sportchi Walide Khyarni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik dzyudochi 60 kilogramm vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratovni finalda magʻlub etib, chempion boʻlgan[2].

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Francisco uchinchi oʻrin uchun kurashda gruziyalik sportchi Georgiy Sardalashvilini magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Manbalar

tahrir