Frank Bailey (oʻt oʻchiruvchi)
Frank Arthur Bailey (1925-yil 26-noyabr – 2015-yil 2-dekabr) gayanalik ingliz oʻt oʻchiruvchisi va ijtimoiy ishchi boʻlib, Buyuk Britaniyadagi dastlabki qora tanli oʻt oʻchiruvchilardan biri sifatida tanilgan.
Frank Bailey | |
---|---|
Bailey in 1955 | |
Tavalludi |
Frank Arthur Bailey 26-noyabr 1925-yil |
Vafoti |
2-dekabr 2015-yil (90 yoshda) |
Turmush oʻrtogʻi |
Isabella Maven (ajrashgan) Josie Munro (ajrashgan) Joy Greenall (ajrashgan) |
Bolalari | 3 ta |
Bailey Britaniya Gvianasida tugʻilgan. U dastlab nemis savdo kemasida ishlagan, bu esa uni keyinchalik Nyu-Yorkka koʻchib kelishiga sabab boʻlgan. U Nyu-Yorkga kelgach, kasalxonada ish topib, tibbiy yordamchi sifatida ishlagan. U irqiy segregatsiya harakatlariga qarshi boʻlgan. 1953-yilda Bailey Londonga koʻchib kelgan va oʻt oʻchirish brigadalari ittifoqi (FBU) vakili bilan tanishgan. U Baileyga qora tanlilar „oʻqimagan yoki yetarlicha kuchli emas“ligi sababli yongʻin xizmatida ishlay olmasligini aytgan. Biroq Bailey bu haqida eʼtiroz bildirib, ariza yozgan. 1955-yilda u ishga qabul qilingan va Buyuk Britaniyadagi dastlabki qora tanli oʻt oʻchiruvchilardan biriga aylangan. Ammo oradan 10 yil oʻtgach, xizmatdagi irqchilik tufayli, doimiy ravishda lavozimga koʻtarilish boʻyicha rad javobi olgach, ishini tark etgan. Keyinchalik u ijtimoiy ishchi, vasiy va yuridik maslahatchi boʻlib ishlagan va 1990-yilda nafaqaga chiqqan.
Hayoti
tahrirFrank Arthur Bailey 1925-yil 26-noyabrda Britaniya Gvianasida tugʻilgan va mahalliy cherkov maktablarida taʼlim olgan[1][2][3]. U bir muhandisga shogird tushgan va nemis savdo kemasida koʻmir yoquvchi sifatida ishlagan. Bu uni Nyu-Yorkga, Qoʻshma Shtatlarga koʻchib kelishiga olib kelgan. U bu yerda kasalxonadan ish topgan va dastlab fizioterapiya boʻlimida tibbiy yordamchi sifatida ishlagan. U bundan oldin yuk tashuvchi boʻlib ishlagan. Kasalxonada u irqiy segregatsiya mavjud boʻlgan ovqatlanish joylariga qarshi muvaffaqiyatli chiqishlarni olib borgan[2].
1953-yilda Britaniya Gvianasiga qaytganidan koʻp oʻtmay, Bailey Angliyaga, Londonga koʻchib kelgan[2][4]. U Kasaba uyushmalari Kongressi konferentsiyasida qatnashgan va u yerda Oʻt oʻchiruvchilar uyushmasi (FBU) vakili qora tanli odamlar „oʻqimagan yoki yetarlicha kuchli“ boʻlmagani uchun yongʻin xizmatida ishlamasligini aytgan[1][4]. Lekin u oʻt oʻchiruvchi sifatida ularga ariza bilan murojaat qilgan. 1955-yilda u West Ham oʻt oʻchirish brigadasi tomonidan qabul qilingan va Sharqiy Londondagi Silvertown oʻt oʻchirish stantsiyasida xizmat qilgan[1][2][4]. U Londondagi, ehtimol, Buyuk Britaniyadagi birinchi qora tanli oʻt oʻchiruvchi boʻlgan. Biroq, Ikkinchi Jahon urushi paytida qora tanli oʻt oʻchiruvchilar xizmat qilgani haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Koʻp oʻtmay, u FBU filialining vakili boʻlgan va uyushmaning oʻsha paytdagi bosh kotibi John Horner bilan doʻstlashgan.
1965-yilda oq tanli oʻt oʻchiruvchilar yuqori lavozimga koʻtarilayotgan bir paytda, Baileyning nomi muntazam rad etilgach, u xizmatni tark etgan. Oʻt oʻchiruvchilar uyushmasining qora tanlilar va etnik ozchilik aʼzolari boʻyicha sobiq milliy kotibi Michael Nicholasning soʻzlariga koʻra, bu jamoa ichidagi irqchilik bilan bogʻliq boʻlgan. Keyin u Londonning Kensington va Chelsi qirollik okrugida ijtimoiy ishchi sifatida ishga joylashgan va birinchi qora tanli psixiatrik ijtimoiy ishchilardan biriga aylangan. Bailey qoʻriqchi sifatida ham ishlagan, keyinchalik 1990-yilda nafaqaga chiqqan[2]. Bu vaqt davomida u Marylebone Magistrates sudida qora tanli yoshlar uchun birinchi qora tanli yuridik maslahatchi boʻlgan[1].
Hayoti davomida Bailey uch marta turmush qurgan, biroq ularning barchasi ajrashish bilan yakunlangan. Uning birinchi turmush oʻrtogʻi Isabella Maven, ikkinchisi Josie Munro va uchinchisi Joy Greenall boʻlgan[2].
Bailey 2015-yil 2-dekabrda 90 yoshida vafot etgan. Uning uchta qizi boʻlib, ikkinchi turmushidan Rebecca, uchinchi turmushdan esa Jumanne va Alexis tugʻilgan[2]. 2016-yil 11-yanvarda uning dafn marosimida 80 dan ortiq London oʻt oʻchiruvchilari va faxriy qorovullari saf tortgan[5].
2020-yil 26-noyabrda Google UK uning 95 yillik yubeliyi munosabati bilan Doodle chiqardi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Honour guard for funeral of London's first black firefighter“. ITV News (2016-yil 11-yanvar). 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Nicholas, Michael „Frank Bailey obituary“. The Guardian. Guardian Media Group (2016-yil 26-yanvar). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 da Silva, Chantal „Frank Bailey: Who was the man believed to be London's first black firefighter in today’s Google Doodle?“. The Independent (2020-yil 26-noyabr). 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Browne, Kesewaa „The black history you might not learn at school“. BBC News (2018-yil 31-oktyabr). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ „Brigade pays tribute to London's first post-war black firefighter“. Chiswick Herald (2016-yil 19-yanvar). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.