Frank Klopas
Frank Klopas (talaffuzi: Klopas Frenk) — 1966-yil 1-sentyabrda Gretsiyaning Prosimna shahrida tugʻilgan. Futbolchi sifatida u AQSh terma jamoasida oʻynashi bilan tanilgan. 1994-yilgi Jahon kubogi va 1988-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fotios Klopas | ||
Tavallud sanasi | 1-sentyabr 1966-yil | ||
Tavallud joyi | Prosymna, Gretsiya | ||
Boʻyi | 1.75 | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1983—1988 | Chicago Sting | 140 | (62) |
1988—1994 | AEK Athens | 49 | (6) |
1994—1996 | Apollon Athens | 10 | (0) |
1996—1997 | Kansas City Wizards | 54 | (7) |
1998—1999 | Chicago Fire | 45 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
1987—1995 | AQSh | 39 | (12) |
Boshqargan klublari | |||
2004—2006 | Chicago Storm | ||
2011—2013 | Chicago Fire | ||
2013—2015 | Montreal Impact | ||
2020 | Chicago Fire (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrir1983-yilda maktabni tugatgandan soʻng Frank Klopas Shimoliy Amerika futbol ligasining „Chicago Sting“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumda u jarohat oldi. Frank Klopas jamoada toʻrt mavsum toʻp surdi va 140ta oʻyinda qatnashib, 62ta gol urdi. 1986—1987-yilgi mavsumda Frank Klopas „All Stars“ klubi tomonidan jamoaga oʻtish uchun taklif qilindi.
1996-yilda Frank Klopas MLS bilan shartnoma imzoladi va terma jamoaning koʻplab yulduzlari singari AQShga qaytib keldi. Frank Klopasning yangi klubi „Kansas City Wizards“ boʻldi. U klubda ikki mavsum oʻtkazdi.
Xalqaro karyerasi
tahrir1987-yil 23-mayda Frank Klopas AQSh terma jamoasida Kanadaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 1988-yilda Frank Klopas Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi[1]. Turnirda u SSSR va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi duelda oʻynadi. 1994-yilda Frank Klopas terma jamoaning oʻz uyida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligidan joy oldi. U turnirda zaxiradan maydonga tushdi va bir daqiqa ham maydonga tushmadi.
1995-yilda Frank Klopas Amerika kubogida ishtirok etib, terma jamoa bilan yarim finalgacha yetib bordi. Turnirda u Argentina terma jamoasi darvozasiga toʻp kiritdi ammo jamoa magʻlubiyatga uchradi[2].
Frank Klopas terma jamoa safida 39 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirFrank Klopas 2013-yil 18-dekabrda u „Montréal Impact“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[3]. 2015-yil 30-avgustda u natijalarni pastligi tufayli „Montréal Impact“dan ishdan boʻshatildi[4].
2020-yilning 14-yanvarida Frank Klopas „Chicago Fire“ga qaytib, Rafael Vikki murabbiylar shtabiga yordamchi sifatida qoʻshildi[5][6][7].
Shaxsiy hayoti
tahrirFrank Klopas 8 yoshida AQShga koʻchib kelgan. U oilasi bilan Chicagoga joylashdi. 18 yoshida u AQSh fuqaroligini oldi. Hozirda Frank Klopas rafiqasi Sofiya bilan Chikagoda yashaydi.
Statistikasi
tahrirJamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Chicago Sting | AQSh | 1983—1988 |
AEK Athens FC | Gretsiya | 1988—1994 |
Apollon Athens | Gretsiya | 1994—1996 |
Kansas City Wizards | AQSh | 1996—1997 |
Chicago Fire | AQSh | 1998—1999 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Frank Klopas Biography and Statistics“. Sports Reference. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2009-yil.
- ↑ „Аргентина VS. США 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (14-iyul 1995-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
- ↑ „Frank Klopas named head coach and director of player personnel of the Montreal Impact“ (inglizcha). Montreal Impact (18-dekabr 2013-yil). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Frank Klopas fired as Impact head coach“ (inglizcha). CBC Sports (30-avgust 2015-yil). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Chicago Fire FC Part Ways with Head Coach Raphael Wicky“ (inglizcha). Chicago Fire FC (30-sentabr 2021-yil). 30-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Chicago Fire FC Names Frank Klopas Assistant Coach“ (inglizcha). Chicago Fire FC (14-yanvar 2020-yil). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2021-yil.
- ↑ „Chicago Fire FC part ways with head coach Raphael Wicky“ (inglizcha). MLSsoccer.com (30-sentabr 2021-yil). 30-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.