Frank davlati — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi davlat (5-asr oxiri —843). 5-asr oxirida Gʻarbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig I rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida oʻz tarkibiga Gʻarbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini merovinglar (751 yildan), karolinglar (800 yildan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843 yildagi Verden bitimiga koʻra, Frank davlati (uch qismga boʻlinib ketdi) hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan oʻzaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan. Karl Kalboshga Reynning gʻarbidagi yerlar va Lyudovikka Reynning sharqidagi yerlar berilgan.