Fransuzlar
Fransuzlar — xalq. Fransiyaning asosiy axoliyey. 57 millionga yaqin kishi (1990-yillar oʻrtalari). Fransuz tilida soʻzlashadi. Dindorlari katoliklar. Fransuzlarning etnogenezida miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hozirgi Fransiya hududiga kelib joylashgan kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar deb atashgan) muhim rol oʻynagan. Rim imperiyasi Galliyani (hozirgi Fransiya hududi) bosib olgach (miloddan avvalgi 58—52 yillar), fransuzlar ular bilan aralashib ketgan. Gallarning romanlashishi bn, ularning tili "lotin tili" boʻlib qolgan. 5-asrda german qabilalari — vestgotlar, burgundlar, franklarnint Galliyaga bostirib kirishi fransuzlarning etnik tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Frank davlashi tashkil topgan. 9-asrda bu davlat Buyuk Karl tomonidan yirik imperiyaga aylantirilgan. 9-asrda fransuzlar xalq boʻlib shakllangan. 18-asr oxiridagi Buyuk fransuz ishilobi fransuzlarning millat boʻlib shakllanishida hal qiluvchi omil boʻlgan. Fransuzlarning aksariyati sanoatda band, qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |