Frederick Soddy
Frederick Soddy (talaffuzi: Frederik Soddi) (1877.2.9, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radiokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1910-yildan). Oksford universitetini tugatgan (1898). 1900—02 yilda Monrealdagi MakGill universitetida Ernest Rezerford bilan, 1903—04 yillarda London universitetida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo universitetida dars bergan (1904—14), Aberdin (1914— 19) va Oksford (1919—36) universitetlarida professor Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford bilan hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chikdi (1902), "yarim yemirilish davri" tushunchasini fanga kiritdi. William Ramsay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlangan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |