Frigiya
Frigiya (Phrygia) — Kichik Osiyoning shim.gʻarbiy qismidagi qad. mamlakat. Aholisi miloddan avvalgi 15—13-asrlarda Yevropadan koʻchib kelgan hindevropa kabilalari — frigiyaliklar. Frigiya miloddan avvalgi 13-asr da yunonlarga qarshi kurashda Troyata yordamlashgan. Miloddan avvalgi 10—8-asrlarda poytaxti Gordion shahri boʻlgan podsholik vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 546 y. forslar, miloddan avvalgi 333 y. Aleksandrta tobe boʻlgan. Miloddan avvalgi 133 y. frigiyaning bir qismi rimliklar qoʻl ostiga, sharqiy qismi Galatiya provinsiyasi tarkibiga oʻtgan. Vizantiya imperiyasi davrida frigiya geografik va siyosiy mavqeini yoʻqotgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |