Ftoridlar — ftorning boshqa elementlar bilan boʻlgan birikmalari. Mendeleyev davriy sistemasi I va II guruh elementlari ftoridlari element ftor ion bogʻli qattiq moddalar; VI va VII guruh elementlarining koʻpchilik ftoridlari elementftor kovalent bogʻli gazlardir; tarkibida uglerod boʻlgan ftoridlar ftororganik birikmalar sinfini hosil qiladi; koʻpchilik metallar (V, Mo, W, Re va boshqalar)ning yuqori valentli ftoridlari uchuvchan moddalardir. Ftoridlar tabiatda uchraydi. Galogenlar, inert gazlar, kislorod, azot hamda boshqa koʻpgina yuqori darajada oksidlanadigan elementlarning ftoridlari — oksidlovchilar; margimush, surma, bor ftoridlari kuchli kislotalardir. Ftoridlar elementlarga ftor taʼsir ettirib, vodorod ftoridni metallar bilan reaksiyaga kirishtirib va boshqa usullarda olinadi. Ftoridlardan vodorod ftorid, kislorod ftoridlari, azot ftoridlari keng qoʻllanadi. Xlor ftoridlari raketa texnikasida, ftorlovchi agent sifatida, metall qoplamalari, optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.