Fuat Xatipovich Sayfullayev (1911.17.8, Oqtoʻba sh., Qozogʻiston — 1989.26.2, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964), professor (1983). Oʻzbekiston MIK qoshidagi Sovet qurilishi va huquq institutini tugatgan (1936). S. Toshkent yuridik instituti (fakulteti)ning fuqarolik huquqi kafedrasi professor boʻlib ishladi. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida fuqarolik huquqiga oid bir qator qonun loyihalari tayyorlangan, darsliklar yozilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil