Fuchjou
Fuchjou — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi shahar. Futszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,8 mln. kishi (1998). Mintszyan daryosi boʻyidagi yirik savdo porti. Kema verfi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika, toʻqimachilik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi hamda dengiz mahsulotlari qayta ishlanadi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan, lokli buyumlar, yogʻoch oʻymakorligi, chinni idishlar, bambuk va teridan turli buyumlar tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |