Fuko mayatnigi
Fuko mayatnigi - Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini tasdiqlovchi tajribani namoyish qiladigan qurilma. Fuko mayatnigi uzun sim yoki ipga osilgan ogʻir yuk bulib, u har qanday vertikal tekislikda tebrana olishi kerak. Agar Fuko mayatnigini vertikaldan ogʻdirib, qoʻyib yuborilsa, unga taʼsir qiluvchi ogʻirlik kuchi va ipning taranglik kuchi hamma vaqt mayatnikning tebranish tekisligida yotadi hamda bu tekislikni yulduzlar bilan bogʻlangan sanoq tizimiga nisbatan bura olmaydi. Yerda turgan va Yer bilan birga aylanayottan kuzatuvchi Fuko mayatnigi ning tebranish tekisligi Yerga nisbatan uning aylanishiga teskari yunalishda sekin burilayotganini koʻradi. Xuddi shu hol Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini isbotlaydi. Uzunligi 67 m boʻlgan birinchi Fuko mayatnigini fransuz fizigi J.B.L.Fuko 1851-yilda Parijdagi Panteon binosiga oʻrnatdi. SanktPeterburgdagi Isaak ibodatxonasiga oʻrnatilgan Fuko mayatnigining uz. 98 m boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |