Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi

37°25′12″N 141°1′58″E / 37.42000°N 141.03278°E / 37.42000; 141.03278

Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi
Mamlakat  Yaponiya
Joylashuvi 37°25′23″N 141°01′59″E / 37.42306°N 141.03306°E / 37.42306; 141.03306
Egasi Tokyo Electric Power Company Holdings
Maqomi toʻxtatilgan
Qurilishi boshlangan yil 25-iyul, 1967-yil(1967-07-25)
Ishlatilishi boshlangan 26-mart, 1971-yil(1971-03-26)
Ishdan toʻxtatilishi 2013-yil
Ishlatuvchi tashkilot Tokyo Electric Power Company Holdings
Asosiy tavsifi
Elektr quvvati, MVt 0
Uskunalar tavsifi
Energiya bloklari soni 6
Qurilayotgan energiya bloklari 0
Ishlatilayotgan reaktorlar 0
Xarita
Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi (Dunyo)
Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi

Fukushima 1, Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi (yaponcha: 福島第一原子力発電所; Fukushima Daiichi Genshiryoku Hatsudensho; aytilishi) — Yaponiyaning Fukushima prefekturasidagi Futaba uyezdining Okuma shahrida joylashgan atom elektr stansiyasi. Tokyo Electric Power Company tomonidan qurilgan va foydalanilgan birinchi AES. 2011-yilgi sunami oqibatida zararlangan. Avariyaga qadar 6 ta energoblok yordamida 4,7 GVt quvvat ishlab chiqarishi bilan dunyoning 25 ta eng kuchli atom elektr stansiyalari roʻyxatiga kirgan.

2013-yil dekabrda stansiya rasman yopilgan. Hozirda stansiya hududida avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda[1]. AES loyihasi AQShning General Electric kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, reaktorlar General Electric, Toshiba va Hitachi kompaniyalari tomonidan qurilgan[2].

Energobloklar

tahrir

Birinchi, ikkinchi va oltinchi energobloklar uchun reaktor qurilmalari General Electric tomonidan, uchinchi va beshinchi qurilmalar Toshiba tomonidan, toʻrtinchi qurilma esa Hitachi tomonidan qurilgan. Barcha reaktorlar General Electric tomonidan loyihalangan[2]. General Electric energobloklari uchun arxitektura loyihasini Electric Bond and Share Company ishlab chiqqan. Barcha qurilish konstruksiyalarini Yaponiyaning Kajima qurilish kompaniyasi bajargan[3].

Energoblok[4] Reaktorlar tipi[5] Quvvati Qurilish
boshlanishi
Quvvat ishga
tushirilishi
Foydalanishga
topshirilishi
Yopilishi
Sof Brutto
Fukushima I-1 BWR-3[6] 439 MVt 460 MVt 25.07.1967 17.11.1970 26.03.1971 19.05.2011[7]
Fukushima I-2 BWR-4 760 MVt 784 MVt 09.06.1969 24.12.1973 18.07.1974 19.05.2011[8]
Fukushima I-3 BWR-4 760 MVt 784 MVt 28.12.1970 26.10.1974 27.03.1976 19.05.2011[9]
Fukushima I-4 BWR-4 760 MVt 784 MVt 12.02.1973 24.02.1978 12.10.1978 19.05.2011[10]
Fukushima I-5 BWR-4 760 MVt 784 MVt 22.05.1972 22.09.1977 18.04.1978 17.12.2013[11]
Fukushima I-6 BWR-5 1067 MVt 1100 MVt 26.10.1973 04.05.1979 24.10.1979 17.12.2013[12]
Fukushima I-7 (reja)[13] ABWR 1339 MVt 1380 MVt Rejalar bekor qilingan 04.2011
Fukushima I-8 (reja)[14] ABWR 1339 MVt 1380 MVt Rejalar bekor qilingan 04.2011

Tarmoqqa ulanishi

tahrir

Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi toʻrtta elektr uzatish liniyasi orqali tarmoqqa ulangan.

  • 66 kV Yonomori elektr uzatish liniyasi
  • 275 kV Okuma elektr uzatish liniyasi
  • 275 kV Okuma elektr uzatish liniyasi
  • 500 kV Futaba elektr uzatish liniyasi

Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi tarmoqning 50 Hz chastotali segmentiga oiddir.

Avariya

tahrir

2011-yil 11-mart kuni Yaponiyadagi qattiq zilzila oqibatida Fukushima 1 AESda eng boshida INES boʻyicha 4-darajali avariya roʻy berdi[15]. Keyinchalik avariya 5-darajaga chiqqani haqida xabar berildi (18-mart[16]). 12-aprelda[17] esa 7-darajagacha koʻtarildi[16]. Atom elektr stansiyasi yaqinida yer silkinishi oqibatida avtomatik xavfsizlik tizimi energobloklarni oʻchirib qoʻydi.

Avariyadan keyingi holat

tahrir

2021-yil yaponiyalik olimlar Fukushima 1 AES atrofini nazorat qilish davomida u yerdagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joyda oʻzidan radiatsiya tarqatadigan jelatinli massa topilganini xabar qilishdi[18].

Manbalar

tahrir
  1. World Nuclear Industry Status Report 2014 http://www.worldnuclearreport.org/IMG/pdf/201408msc-worldnuclearreport2014-lr-v4.pdf
  2. 2,0 2,1 „General Electric-designed reactors in Fukushima have 23 sisters in U.S“. MSNBC (2011-yil 13-mart). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-mart. (Wayback Machine saytida 2012-03-20 sanasida arxivlangan)
  3. „Nuclear Reactor Maps: Fukushima-Daiichi“. Council for Security Cooperation in the Asia Pacific. 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-mart. (Wayback Machine saytida 2013-01-15 sanasida arxivlangan)
  4. „Japan: Nuclear Power Reactors“ (en) (deadlink). Power Reactor Information System. IAEA. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-mart.
  5. „REACTORS IN OPERATION, 31 DEC. 2009“ (en). IAEA. 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Boiling Water Reactor (BWR)“ (en). 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  8. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  9. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  10. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  11. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  12. „PRIS - Reactor Details“ (en). www.iaea.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  13. „Fukushima Daiichi 7 on the PRIS of the IAEA“. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. (english)
  14. „Fukushima Daiichi 8 on the PRIS of the IAEA“. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. (english)
  15. „Japan Earthquake Update (12-mart 2011-yil 2110 CET)“ (en). IAEA Alert Log. IAEA. Qaraldi: 2011-yil 12-mart.
  16. 16,0 16,1 „Архивированная копия“ (deadlink). 2011-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  17. „NHK WORLD English“ (deadlink). 2011-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Япониядаги «Фукусима-1» АЭСида радиоактив чиқиндилар сизиб чиққани қайд этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.