Furan
(Furfurandan yoʻnaltirildi)
Furan, furfuran — geterotsiklik birikma; xloroform hidi keladigan rangsiz suyuklik. Mol.m. 68,07. Suyuqlanish temperaturasi 85,68°, qaynash temperaturasi 31,33°, zichligi 936,6 kg/m3. 25°da 100 g suvda 1 g F., 100 g F.da esa 0,3 g suv eriydi. F. koʻpgina organik birikmalarning boshlangʻichi hisoblanadi, bu birikmalardan aksariyatlarining amaliy ahamiyati katta, mas, furfurol, tetragidrofuran F., asosan, furfuroldan olinadi. F. tetragidrofuranni sintezlashda oraliq mahsulot hisoblanadi, u pirrol olishda ham ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |