Furqat tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1992-yil 9-aprelda tashkil etilgan. Shim.dan Tojikiston Respublikasi va Dangʻara tumani, gʻarbdan Beshariq, janubiy va sharkdan Oʻzbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming km². Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda shaharcha va qishloq fuqarolari yigʻini (Navbahor, Qushchi, Qizil qiyoq, Jangketmon, Qulbobo, Eshon shaharcha, Besh og'a qishlog'i, Toʻrgʻay qishloq, Gʻirri qishloq, Kichik yangi qishloq, Katta yangi qishloq, Koʻk doʻppi qishloq, Xayit qishloq, Shunqor qishloq, Qoʻqonboʻy, Gʻallakor, Gʻuncha va hokazo) bor. Markazi — Navbahor shahar. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 286,1 kishi (2003).[2]

Furqat tumani
Furqat tumani
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Navbahor (shaharcha)
Tuman hokimi Jahongir Jumanov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti furqattuman.uz
Xaritada
Furqat tumani xaritada
40°30′5.4″N 70°44′27.6″E / 40.501500°N 70.741000°E / 40.501500; 70.741000

Iqtisodiyoti

tahrir

Tumanda sanoat, qurilish, davlat tashkilotlari, koʻshma va 600 dan ziyod kichik korxonalar mavjud. „Ishonch“ ipyigiruv korxonasi, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Tuman qishloq xoʻjaligi paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 5 shirkat, 600 dan ziyod fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Furqat tumanidagi sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, sabzavot va poliz, kartoshka, beda va ozuqa ekinlari ekiladi.

Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bogʻdorchilik (bodom, gilos, nok, shaftoli, anjir, anor, uzum), pillachilik, baliqchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tuman hududi orqali Toshkent — Andijon temir yoʻl va Fargʻona — Oʻsh avtomagistrali oʻtgan.

33 umumiy taʼlim (qariyb 24 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan litseyinternat, 2 kasbhunar kolleji (1900 talaba) faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, 2004-yilning sentabr oyida ishga tushgan ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kollejida bank ishi, soliq va soliqqa tortish, huquqshunosiqtisodchi, moliya, boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bolalar va xotinqizlarga tibbiyijtimoiy yordamni tashkil etish yoʻnalishlarida 600 oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda klub muassasalari, markaziy kutubxona va uning 27 filiali, madaniyat va istirohat bogʻi, 6 madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi.

Markaziy stadion, bir qancha futbol, voleybol, basketbol maydonlari, sport zallari va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. 4 kasalxona, 3 poliklinika, 18 feldsherakusherlik va 11 qishloq vrachlik punktlari, kishloq vrachlik ambulatoriyalari, Salomatlik markazi, dorixonalar mavjud. Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Qilich Mergan bobo tarixiy qabristoni, Abduqahdor ota ziyoratgohi, jomeʼ masjidlar bor. 2002-yildan „Navbahor“ tuman gaz. chop etiladi.

Manbalar

tahrir