Futerovka
Futerovka (nem. Futter — qoplama) — issiklik agregatlari (pechlar, oʻchoq, quvurlar va boshqalar), kimyoviy apparatlar va teri oshlash vannalarining ichki himoya qoplamasi. Vazifasiga qarab, gʻisht, plitalar, blokdar va boshqalardan krplanadi. Olovbardosh (shamot, dinas, magnezit, dolomit va boshqalar), kimyoviy turgʻun, issiqlik oʻtkazmaydigan xillari bor. Agar issiklik oqimlari, kimyoviy moddalar agregatlarning qoplamasiga tashqaridan taʼsir qilsa, bunday agregatlarning tashqi qoplamasi ham F. deb ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |