Fyodor Bredixin
Fyodor Aleksandrovich Bredixin (1831.26.11, Nikolayev 1904.1.5, Peterburg) – rus astronomi, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1890). Rossiya Bosh astronomik rasadxonasi (Pulkovo) direktori (1890—95). Astronomiyaning barcha boʻlimlariga oid ilmiy ishlarni bajargan va kuzatuvlar olib borgan. Protuberansspektrograf yordamida Quyosh xromosferasini tekshirdi, Quyosh dogʻlari va mashʼallarini suratga oldi. Bredixin kometalarini tekshirishga oid ishlari bilan mashhur. Rossiya Fanlar akademiyasi prezidiumi astronomiya sohasidagi yirik ishlarni taqdirlash uchun Bredixin nomidagi mukofotni taʼsis etdi (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik V. P. Shcheglov Bredixin mukofoti sovrindori.
Fyodor Bredixin | |
---|---|
Fyodor Bredixin | |
Bredikxin tax. 1890-yillar | |
Tavalludi |
1 (13) dekabr 1831 va 25 noyabr (7-dekabr) 1831 |
Vafoti |
1 (14) may 1904 Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tashqi havolalar
tahrir- Nekroloq AN 165 (1904) 351/352 (nemis tilida)
- Nekroloq MNRAS 65 (1905) 348
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |