Fyun
Fyun — Daniya orollari guruhidagi orol. Maydoni 2976 km². Katta va Kichik Belt boʻgʻozlari oʻrab turadi. Qirgʻoqlari past, buxtalar bilan parchalangan. Relyefi morenali sertepa tekislik, eng baland joyi 131 m. Tabiiy yaylovlar bor. Sut chorvachiligi rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, qand lavlagi ekiladi. Koʻpriklar orqali Yutlandiya yarim orol bilan bogʻlangan. Bosh shahri — Odense.
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 2984,56[1] km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Frøbjerg Bavnehøj[2] |
Ma'muriyat | |
Davlat | Daniya |
Mintaqa | Southern Denmark |
Demografiya | |
Aholisi | 469 724 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |