Gʻarbiy Szin
GʻARBIY SZIN SAKKIZ KNYAZLIKLARNING OʻZARO NIZOLARI (291-306 YILLAR)
tahrir265-yilda Sima Yan imperator Veydini taxtdan tushishga majbur qildi va oʻzi imperator boʻldi, bu imperator Szinudining oʻzi edi. U oʻz davlatini Szin deb atadi. Tarixda sulola Gʻarbiy Szin deb atalgan. Uning poytaxti Loyan edi. Harbiy Szin U davlatini yoʻq qilib, mamlakatni yana birlashtirdi. Gʻarbiy Szinning dastlabki davrida hokimiyat qator siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirib, dehqonlarni yerga ishlov berish, ipak qurti yetishtirish, qoʻriq yerni oʻzlashtirish va ishlab chiqarishni oshirishni taqdirladi. Ikki yildan ortiq vaqt mobaynida aholi soni 1,3 milliondan ortiq kishiga oʻsdi. Qisqa vaqt ichida yuksalish kuzatildi.
Sima urugi hukmronligini mustahkamlash maqsadida imperator Szinudi, yaʼni Sima Yan yer taqsimlanishining qadimgi tizimini tikladi. Sima urugʻining 27 nafari knyaz boʻldi. Biroq, tezda Sima urugʻi ichida nizo boshlandi. Chjao Vanlun, Chu Vanvey va boshqa oltita knyazlar hokimiyat uchun janjallashdilar. Ular oʻrtasidagi oʻzaro urush oʻn olti yil davom etdi va bu urushni „sakkizta knyazlarning ichki nizolari“ deb atashadi. Ular oʻz kuchlarini mustahkamlash uchun turli xalqlarni unga jalb qildilar va buning natijasida xunn, syanbe va szi qoʻshinlari Marakaziy tekislikka kirib keldi. Shimoliy hududlarda misli koʻrilmagan tartibsizlik kuzatildi.
304-yilda xunnlar boshligʻi Lyu Chjou katta qoʻshin toʻplab, sekin-asta Pinyajou yerlarining katta qismini nazorat ostiga ola boshladi. 308-yilda Lyu Chjou Pinyanda (hozirgi Shansidagi Linfenda) taxtga oʻtirdi va qoʻshinlarni Aoyanni bosib olish uchun joʻnatdi. Tez orada xunn qoʻshinlari Chanʼanni qoʻlga ki[1] ritdilar, imperator Szinmindini asir oldilar. Gʻarbiy Szin sulolasi 40 yildan kam vaqt hukmronlik qildi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ S.Nosirova, S.Hashimova. G'ARBIY SZIN SAKKIZ KNYAZLIKLARNING O'ZARO NIZOLARI (291-306 YILLAR) (o'zbekcha). "EXTREMUM PRESS", 2018 — 88-89-betlar-bet. ISBN 978-9943-5125-2-8.