G'o'ra
Gʻoʻra soʻzi fors tojik-tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalar — Oʻrxun-Yenisey, Mahmud Qoshgʻariy asarida bu soʻz uchramaydi. Alisher Navoiy asarlarida:
Taammul bila kom paydo bolur, Tahammul bila gʻura halvo bolur. (Saddi Iskandariy , 1485)
Boshqa tillarda
tahrirEroniy tillar:tojik tilida gʻura-gʻoʻra, fors tilida gure, turkiy tillarda:ozarbayjon tilida gora, oʻzbek tilida gʻura, lugʻatlarda: gure (Budagov, I , 1869, 776), uygʻur tilida gʻora qoʻllanadi.Biz yuqorida qayd etgan turkiy tillardan boshqalarida shu formada qoʻllanmaydi.
Qoʻllanilishi
tahrirBundan tashqari, ayrim tillarda faqat uzumning pishib yetilmagan paytidagi holatini atashda qoʻllansa, baʼzi tillarda olma, oʻrik, yongʻoq va boshqa pishib yetilmagan mevalar uchun ham qoʻllanaveradi. Fors tilida ham, tojik klassik adabiyoti tilida ham, eski oʻzbek tilida, uygʻur tilida va dialektlarida xilma-xil mevalarning yetilmaganini ataydi.
Xalq ogʻzaki ijodida
tahrirOʻzbek xalq ogʻzaki adabiyotida „sabr qilsang gʻoʻradan xalvo bitar“ maqoli ham bor. Alisher Navoiy ijodida manashu maqoldan ijodiy foydalanilgan.
Etimoni
tahrirKoʻpgina manbalarda gʻoʻra soʻzi fors leksikasi deb korsatiladi. Ammo mazkur soʻzni yunon tili leksikasi deb korsatish oʻrinli boʻlsa kerak. Chunki gʻoʻra soʻzi eroniy tillar leksikasi boʻlganida, unda barcha eroniy tillarda isteʼmolda boʻlgan boʻlardi. Gʻoʻra soʻzi eski oʻzbek tiliga fors-tojik tili vositasida oʻzlashgan boʻlib, keyinchalik bu soʻzning maʼnosi kengaygan. Faqat uzumning pishmagani emas, boshqa ayrim mevalarning pishib yetilmagani, yana soʻzning boshqa varianti gʻoʻr insonlarning xususiyatini taʼriflashda ham qoʻllana boshlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simlik nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 24-25-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.