Gʻulomlar sulolasi — Eltutmish davrida Dehli saltanati zaminda moʻgʻullar tomonidan taʼqib qilinayotgan Muhammad Xorazmshoh ning oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi paydo boʻldi. Bu vaqtda moʻgʻullar butun Oʻrta Osiyo hamda Manjuriyadan Turkis- tongacha choʻzilgan hududlarni istilo qilgan edi. Bu ulkan davlat tepasida koʻplab xalqlar va elatlarni larzaga keltirgan Chingizxon turardi. Eltutmishni oʻziga ittifoqchi qilish maqsadida Jaloliddin 103 unga moʻgʻullarga qarshi bir lashib kurashni taklif qiladi. Ammo Dehli sultoni unga ijobiy javob bermaydi. Eltutmish[1] davrida Shimoliy Hindistonda musulmon har biy boshliqlarining hukmronligi oʻmatiladi. Harbiy aʼyonlar „qirqlar“ nomini olgan kuchli feodal guruhdan tashkil topgan edi (bu guruh asosan qirq nafar harbiy boshliqlardan iborat edi). Davlat xizmatidagi amaldorlar va din peshvolarining aksariyati xurosonli forslar edi. Islomning sunniy mazhabi davlat dini hisoblanardi. Dehli sultonligining avvalgi ikki hukmdori musulmon harbiy boshliqlari tomonidan saylangan boʻlsa-da, Eltutmish sultonlik mansabini vorisiy qilishga jazm etdi va qizi Roziyani taxt vorisi deb eʼlon qildi. Roziya garchi qattiqqoʻl, aqlli ayol boʻlsa-da, musulmon harbiy boshliqlari unga boʻysunishni oʻzlariga or deb bilishdi. Toʻrt yil oʻtar-oʻtmas Roziya suiqasd natijasida oʻldirildi. Mamlakatda parokandalik boshlandi. Ayni shu damda qoʻqqisdan moʻgʻullar Hindistonga bostirib kirdilar. 1241 yilda ular Lohoʻrni olishga erishdilar. 1246 yili Eltutmishning kenja oʻgʻli Nasriddin taxtga chiqadi. Lekin haqiqiy hokimiyat uning irodali, qobiliyatli mas lahatchisi Gʻiyosiddin Bolbonning qoʻlida edi. 1265 yilda Nasriddin ning vafotidan soʻng u taxtni egalladi (1265-1287 yy.). Bolbon moʻgʻullarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq boʻldi va shimoliy-gʻarbiy chegarada tayanch nuqtalari sifatida bir necha istehkomlar bunyod qildi. U shafqatsizlik bilan xalq qoʻzgʻolonlarini bostirdi, „qirqlar“ toʻdasining kuchini sindirdi, 1280 yilda Bengaliyadagi musulmon harbiy boshliqlari isyonini dafn etdi. Sulton vafotidan soʻng mamlakatdagi feodal guruhlar oʻrta sida yana nizolar boshlandi. Bu kurashda turkiy qavmlarga mansub xiljiylar nomi bilan atalgan harbiy boshliqlar gʻolib keldilar. Taxtga 70 yoshli Jaloliddin Feruz chiqdi (1290-1296 yy.)[2]

Manbalar

tahrir
  1. t.f.d., prof. Giyosov Temur G'iyosovich s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich t.f.n. Abdullayev Ulug'bek Artikbayevich Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich. 
  2. t.f.d., prof. Giyosov Temur Gʻiyosovich s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich t.f.n. Abdullayev Ulugʻbek Artikbayevich Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich.