Gérard Debreu
DEBRYO (Debreu) Jerar (1921.4.7. Kale, Fransiya) — amerika iqtisodchisi. Parij universiteti doktori (1956), 1949-yildan AQShda yashaydi. Bir qancha universitetlarda, jumladan 1962-yildan Kaliforniya (Berkli) universitetida ishlagan. Asarlarida markazlashtirilmagan bozor tizimi yakka rejalarning ijobiy muvofiqlashuvga olib kelishi mumkinligi muammosini tadqiq etgan. Narxlar muvozanatini yaratadigan omillar mavjudligini isbotlagan (K. Errou bilan hamkorlikda). "Qiymat nazariyasi" asarida yagona umumiy muvozanat nazariyasining matematik modelini yaratdi va oʻz modelida ishlab chiqarishni joylashtirish, kapital va nomaʼlumlik sharoitlarida feʼl-atvor nazariyalarini birlashtirishga erishdi. Nobel mukofoti laureati (1983)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |