Gözde Türker
Aktrisa 1995-yil 17-sentyabrda Bursa shahrida tugʻilgan. U Salonikilik muhojirlar oilasining qizi hisoblanadi. U singlisi bilan juda oʻziga xos aloqasi borligini alohida taʼkidlaydi. Ular katta muhabbat bilan ulgʻayganlarini aytadilar va oiladagi har bir kishi bir-biriga cheksiz muhabbatga egaligini eʼtirof etib oʻtgan. U Mimar Sinan nomidagi goʻzal sanʼat universiteti, Istanbul Davlat konservatoriyasining teatr boʻlimi va Istanbul Davlat konservatoriyasining yarim kunlik musiqa boʻlimini bitirgan[1].
Ijodi va faoliyati
Gözde Turker kamera qarshisida ilk aktyorlik tajribasini 2011-yilda „Muhteşem Yüzyıl“ serialidagi „Safiye Sulton“ roli bilan boshlagan. Keyinchalik 2016-yilda „Poyraz Karayel“, 2018-yilda „Istanbullik kelin“ va 2020-yilda „Birodarlarim“ seriallarida rol oʻynaydi. Gozde Turker „Kasallik kasali“ spektaklida „Beline“ obrazini, „Antigona“ spektaklidagi „Ismene“ obrazini, „Ona jasorati va uning bolalari“ spektaklida „Ona jasorat“ obrazini, „Sen bizdan emassan“ spektaklidagi „Bola“ obrazini mahoratli tarzda ijro etgan[1].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 „Gözde Turker“. https://m.mavikadin.com/gozde-turker-in-biyografisi-kimdir-kac-yasinda-evli-mi-annesi-kim. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]