Güzeloluk masjidi
Güzeloluk masjidi (turkcha: Güzeloluk Camii) – Turkiyaning Mersin viloyati, Güzeloluk qishlogʻidagi XIX asrga oid masjid.
Masjid | |
Masjid mehrobi | |
Mamlakat | ![]() |
Joylashuvi | Mersin viloyati, Erdemli tumani, Güzeloluk qishlogʻi |
Meʼmoriy uslub | Usmoniylar meʼmorchiligi |
Meʼmor | Todiri |
Binokorlik sanasi | 1873-yil |
Oʻlchami | 400 nafar |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Balandligi | 15 m (49 ft) |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | tosh |
Holati | amaldagi |
Qishloq geografiyasi
tahrirGüzeloluk – Mersin viloyati Erdemli tumaniga qarashli qishloq. Masjid Güzeloluk qishlogʻini gʻarb tomonga tutashtiruvchi yoʻlda joylashgan.
Tarixi
tahrirGüzeloluk masjidi Erdemli qishloqlaridagi yagona tarixiy masjid hisoblanadi. Masjiddagi yozuvlariga koʻra, bino 1873-yilda qurilgan, ammo minorasi 1908-yilda qoʻshilgan. Minora 1970-yilda momaqaldiroq natijasida qisman buzilgan boʻlsa-da, 1978-yilda qayta taʼmirlangan. Devorga osilgan rasmiy lavhaga koʻra, masjid qishloq ahli tomonidan qurrilgan, ammo akademik hisobotlarga koʻra, Böcüoğlu Ibrohim tomonidan barpo etilgan[1]. Usmoniylar imperiyasida yashovchi armanlardan Todiri ismli shaxs va uning yordamchisi Nikolos masjid meʼmorlari boʻlgan[2].
Bino
tahrirRasmiy lavhada aytilishicha, masjidning umumiy maydoni 688 m2 (7,410 kv ft), kvadrat rejali ichki maydoni esa 253 m2 (2,720 kv ft)ni tashkil qiladi. Bino bir vaqtning oʻzida 400 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid qurilishida toshdan foydalanilgan.
Bino garchi Usmoniylar masjidi boʻlsa-da, musulmon boʻlmagan Todiriy ismli meʼmor tomonidan qurilganligi bois qurilishda cherkov elementlaridan foydalanilgan. Bunga misol qilib noodatiy tarzda bezatilgan minbar va binoning kirish portalini keltirish mumkin[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „TAY“. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
- ↑ „Erdemli, güzeloluk“. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
- ↑ „Erdemli, güzeloluk“. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.