Ibrohimov Gʻalimjon Girfanovich (1887-yil 28-fevral (12-mart), Boshqirdistonning hozirgi Aurgazin tumani — 1938-yil 21-yanvar) — tatar yozuvchisi, olim, jamoat arbobi. Zamonaviy tatar adabiyoti asoschilaridan. Orenburg (1898—1905) va Ufa (1906—1909) madrasalarida oʻqigan. "Bizning yoʻl", "Maorif" jurnallarida muharrir. Ibrohimovning dastlabki realistik hikoya va qissalari ("Zakiy talabaning madrasadan haydalishi", 1907; "Tatar ayoli taqdiri", 1910; "Tabiat bolalari", 1914 va boshqalar)da tatar yoshlarining hayoti va kurashi aks etgan. Uning "Yosh yuraklar" asari (1912) — tatar adabiyotidagi birinchi psixologik roman. "Bizning kunlar" (1920) kitobi 1905—1907-yillardagi inqilobiy voqealarga bagʻishlangan. "Teran tomirlar" (1926—1928) romanida fuqarolar urushi davri aks etgan. Ibrohimov tatar tilshunosligi va tarixiga oid ilmiy asarlar, darsliklar muallifi ("Tatar grammatikasi", 1911; "Adabiyot nazariyasi", 1916; "Ona tilini oʻqitish metodikasi", 1918 va boshqalar).

Gʻalimjon Ibrohimov
Tavalludi 12-mart 1887[1] va 1887
Vafoti 21-yanvar 1938[2] va 1938
Ijod qilgan tillari Tatar tili
Fuqaroligi SSSR

As.:Teran tomirlar, T., 1961; Qozoqqizi, T., 1964.[3]

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil