Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi
Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi (inglizcha: Federation of the West Indies) — Karib dengizi havzasidagi Britaniya hukumati egalik qilgan orollar uyushmasi. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi 1958-yil 3-yanvardan 1962-yil 31-maygacha mavjud boʻlgan Federatsiyaning tuzilishidan asosiy maqsad Buyuk Britaniya hukumatidan mustaqil boʻlishi mumkin boʻlgan barcha tuzilmalarni yagona tashkilot hamjamiyati sifatida birlashtirish edi. Biroq, bu sodir boʻlgunga qadar federatsiya aʼzolari oʻrtasida kuchayib borayotgan ichki qarama-qarshiliklar tufayli federatsiya qulab tushdi.
Umumiy maʼlumot
tahrir- Gʻarbiy Hindiston federatsiyasining poytaxti Ispaniya porti hisoblangan.
- Federatsiya rahbari — Buyuk Britaniya qirolichasi, general-gubernator qirolichaning vakili. Patrik Jorj Tomas Buchan-Xepbern, baron Heiles bu lavozimda federatsiya tashkil etilgandan to tarqatib yuborilgunga qadar ishlagan.
- Bosh vazirni general-gubernator tayinlagan. Bu lavozimni Grantli Gerbert Adams egallagan. U Barbados Mehnat partiyasi rahbari, ilgari Barbados Bosh vaziri boʻlgan .
- Pul birligi — Gʻarbiy Hindiston dollari .
Tarkibi
tahrirGʻarbiy Hindiston federatsiyasi aʼzolari:
- Antigua
- Barbados
- Grenada
- Dominika
- Montserrat
- Avliyo Kristofer — Nevis — Anguilla (hozirda — Sent-Kitts va Nevis va Angilya)
- Sent Lyusiya
- Sent Vinsent
- Trinidad va Tobago
- Yamayka (Kayman orollari va Terks va Kaykos orollari unga qoʻshilgan).
Ushbu mintaqadagi Britaniyaning qolgan mulklari — Bagam orollari, Beliz, Bermuda orollari , Britaniya Virjiniya orollari va Gayana dastlab Gʻarbiy Hindiston federatsiyasiga kiritilmagan, chunki ularning kelajagi Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika, AQSh va Janubiy Amerika davlatlari bilan bogʻliq boʻlgan.
Siyosiy tuzilma
tahrirGʻarbiy Hindiston federatsiyasi Britaniya hukumatining mustamlaka hududi hisoblangan. Federatsiya 10 provinsiyadan iborat boʻlgan ichki oʻzini oʻzi boshqarishga ega federal davlat edi. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi 1958-yilda Britaniya Gʻarbiy Hindiston shtatlaridagi hududlarni birlashtirish orqali tuzilgan. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi tuzilganidan koʻp oʻtmay mustamlakachilik taʼsiridan chiqib mustaqil davlatga aylandi. Federatsiya mustaqilllikka erishgandan soʻng, mintaqadagi barcha mustamlakalarning mustaqilligini eʼlon qildi. Biroq, subyektlar oʻrtasidagi siyosiy tartibsizliklar tufayli loyiha barbod boʻldi va Federatsiya davlatlari mustaqillikka erisha olmadi.
Federal parlament ikki palatadan — tayinlangan Senat va xalq tomonidan saylangan Vakillar palatasidan iborat edi. Senat tarkibi mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashgandan keyin general-gubernator tomonidan tayinlanadigan 19 aʼzodan iborat edi.Senatning har bir viloyat uchun 2 tadan aʼzosi bor edi (Montserratdan tashqari). Vakillar palatasi 45 ta saylangan aʼzodan iborat edi. Ular Yamayka uchun 17 oʻrin, Trinidad va Tobago uchun 10, Barbados uchun 5, Montserrat uchun bitta va qolgan orollarning har biri uchun ikkitadan aʼzolar nisbatiga toʻgʻri kelgan.
Ijro hokimiyati rahbari Vazirlar Mahkamasi emas, balki general-gubernator boshchiligidagi Davlat kengashi boʻlgan. Davlat kengashining tarkibiga Bosh vazir va yana 10 nafar hukumat amaldorlari kirgan.
Gʻarbiy Hindiston Federatsiyasi mustaqil daromad manbalariga ega emas edi (oʻrniga orollarda majburiy yigʻimga tayanilgan) va bojxona ittifoqi, erkin savdo va erkin harakatlanish toʻgʻrisida hech qanday shartnomalar tuzilmagan edi.
Federatsiyaning bosh sudya va uchta (keyinroq beshta boʻlgan) boshqa sudyalardan iborat Federal Oliy sudi ham mavjud edi. Federal Oliy sud[1] 1919-yilda tashkil etilgan[2]. Shuningdek, Federal Oliy sud Barbados, Britaniya Gvianasi, Livard orollari, Yamayka,Trinidad va Tobago, Windward orollari ustidan yurisdiktsiyaga ega edi[2][3].
Trinidad va Tobago orollarining bosh sudyasi Stanley Eugene Gomes 1961-yil avgustda Federatsiya Bosh sudyasi etib tayinlangan[4].
Poytaxti
tahrirFederatsiya poytaxti sifatida dastlab 3 ta davlat taklif qilingan. Ular Yamayka, Barbados va Trinidad va Tobago davlatlari edi. Ilgari, federal hokimiyat organlari bilan muzokaralarda, konsensusga koʻra, poytaxt kichikroq orollardan birida boʻlishi kerak boʻlgan. Buning sababi poytaxt katta hududlar uchun neytral joyda joylashishi va (oʻsha paytdagi) iqtisoddagi nochorlikka bogʻliq edi. Shu maqsaddan kelib chiqib, Grenada poytaxtga mezbonlik qilish uchun aʼzo davlat sifatida shartli ravishda tanlangan. Biroq baʼzi tomonlarning noroziliklaridan keyin bu davlat poytaxt sifatida tanlanmagan. London konferensiyasida kichik orollar poytaxt sifatida koʻrib chiqilishi muhokama qilingandan soʻng, kichik orollarning poytaxt sifatida tanlanishi bekor qilindi[5]. Trinidad va Tobagoda poytaxt sifatida birinchi taklif qilingan joy Ispaniya portidan bir necha mil gʻarbda joylashgan Chaguaramas shahri edi. Ammo bu joy Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz bazasining bir qismi hisoblangan[6]. Amalda esa Ispaniya porti federatsiyaning butun faoliyati davomioda poytaxt vazifasini bajardi.
Sport
tahrirFederatsiya 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Antil orollari nomi bilan qatnashishga muvaffaq boʻldi. Bu musobaqada federatsiya sportchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „British Caribbean Federation Act, 1956 Sec.1 p.4“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „West Indian Court of Appeal Act, 1919“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „British Caribbean Federation Act, 1956 Sec. 1 p.5“. 2012-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „The West Indies Gazette, Vol 4, No 34“. Governor General. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ Nantambu, Dr. Kwame „W.I. Federation: Failure From the Start“. Trinicenter.com (2005-yil 12-dekabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Federal Capital (Site) (Hansard, 9 July 1957)“. 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
Havolalar
tahrir- Britaniya monarxining veb-sayti — Karib dengizi mintaqasida
- Gʻarbiy Hindiston federal arxiv markazi, Gʻarbiy Hindiston universiteti (Cave Hill kampusi)
- Karib dengizi hamjamiyati (CARICOM) Kotibiyati, Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi
- Britaniyaning Hansardni raqamlashtirish loyihasi, Britaniya parlamenti — Karib dengizi Federatsiyasi qonuni 1956 yil (Wayback Machine saytida 2011-05-22 sanasida arxivlangan)
- Britaniya Hukumatining Davlat sektori maʼlumotlari idorasi (OPSI) — West Indies Act 1962 (p.19) — Buyuk Britaniya qonunlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi (SLD)
- Nima uchun „Federatsiya“ haqiqatan ham parchalanib ketdi — 2006 yil 22 oktyabr yakshanba: Trinidad va Tobago Express