Gʻarbiy Shpitsbergen - Shpitsbergen arxipelagidagi eng katta orol, Norvegiya hududi. Maydoni 39 ming km². Qirgʻoqlari fordli. Yer yuzining katta qismi togʻlik. Eng baland joyi 1712 m (Nyuton togʻi). Metamorfik va choʻkindi, qisman otqindi jinslardan tuzilgan. Soʻngan vulkanlar va issiq buloqlar bor. Hududining yarmidan ortigʻi muzlik (21,2 ming km²). Iqtimi arktika iqlimi. Yillik yogʻin gʻarbida 300–400 mm, markaziy qismida 200 mm. Asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimlik kam. Tosh-koʻmir qazib olinadi. Maʼmuriy markazi — Longir. Rezervatlar tashkil etilgan.

Gʻarbiy Shpitsbergen
Geografiya
Maydoni 39 044 km2
Dengiz sathidan balandligi 1713 m.
Eng baland nuqtasi Newtontoppen
Ma'muriyat
Davlat Norvegiya
Mintaqa Shpitsbergen
Demografiya
Aholisi 2642
Qo'shimcha ma'lumot