Gʻarbiy Sibir artezian havzasi

Gʻarbiy Sibir artezian havzasi — dunyodagi eng yirik artezian havzalardan biri; Gʻarbiy sibir tekisligida joylashgan. Maydoni qariyb 3 mln. km2. Havzaning suvli majmualari mezo-kaynozoy choʻkindi yotqiziqlarining qatlamlari va Gʻarbiy Sibir plitasining burmalangan poydevori jinslari bilan bogʻliq. Gʻ.Gʻarbiy sibir artezian havzasih. kesmada 2 gidrogeologik qavatga boʻlinadi. Yuqori qavat — oligotsen, neogen (havzaning jan. qismi) va antropogenning suvli majmualaridan tashkil topgan. Havzaning markaziy va shim. qismlaridagi suv koʻproq chuchuk (NSO,—Sa, NSO,— №Sa tarkibining minerallanishi 1,0 g/l gacha) suv taʼminoti uchun yarokli; havzaning jan. qismida suv koʻpincha 10—15 g/l gacha minerallashgan, kimyoviy tarkibi ham xilma-xil. Quyi qavat boʻr va yura davrlari yotqiziqtarining suvli majmuasini va poydevorning yer yuzasiga yaqin boʻlgan qismini oʻz ichiga olgan. Suvli qatlamlar havzaning faqat chekkasida, ayniqsa, gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqqan. Bu yerda havza pastki qavatidagi yer osti suvlari zaxiralarining koʻpayishi kuzatiladi, suv taʼminoti uchun yaroqli boʻlgan chuchuk suvlar bir necha 100 m ayrim xollarda 1200 m gacha va undan ham koʻproq chuqurlikkacha boʻladi. Havzaning ichki qismida quyi qavatning yer osti suvlari 1000 m dan pastda joylashgan. Burgʻi quduqlari bilan ochilganda suv otilib yoki oqib chiqadi. Yer osti suvlarining minerallashganligi 20—30 g/l yoki undan ortiq. Yura yotqiziqlarida va plita poydevori hosilalarida 2500 m dan pastda 80 g/l gacha quruq qoldiqli shoʻr suvlar ochilgan. Suvning tarkibi: S1— N8, S1—Sa —N8 li. Gʻ.Gʻarbiy sibir artezian havzasih. markaziy qismidagi yuqori minerallashgan suvlar va shoʻr suatar uchun bromning 150– 200 mg/l va yodning 30–40 mg/l va undan ortiq tarkibi xos. Yer osti suvlarining temperaturasi 2500 – 3000 m chuqurlikda 100—150° ga yetadi. Quyi qavatning suvli majmualari bilan yirik neft va gaz zaxiralari bogʻliq. Havza yer osti suvlarini oʻrganish XIX-asrning oxirlaridan boshlangan.