Gʻayrat Boymatov
Gʻayrat Zuhriddinovich Boymatov (26-fevral 1946-yil, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1966) va Harkov badiiy sanoat institutini (1971) tugatgan. Boymatov ijodiga badiiy joʻshqinlik, ramziy tasviriy yechim va vositalar, oʻz gʻoyasini turkum lavhalarda (asosan, akvarelda) yaratish xos. Asarlarida milliy madaniy meros (urfodatlar, hunarmandlik. tomosha sanʼati, anʼanaviy turmush tarzi)ni, qadrdon oʻlkaning goʻzal va betakror tabiatini, unga bogʻliq muammolarni yorqin lavhalarda aks ettiradi. Muhim asarlari: "Oʻzbekiston manzaralari" (1986), "Qora qoʻgʻirchoqlar" (1986), "Vizantiya koʻrinishlari" (1989), "Oʻrta Osiyoning qadimgi tangalari" (1995—97) turkumlari; aralash texnikada ishlangan "Oʻlimdan soʻng oʻzga qiyofada dunyoga kelish", "Zinapoyadan yuqoriga intilish", "Sayyoralar", "Rangdor tushlar" (1992); "Tush", "Qora quti", "Insonning yetti gunohi" toʻrtligi (1995-97) va boshqa[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |