Gʻazalkent
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gʻazalkent — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shahar (1964-yildan), tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Chirchiq daryosining chap sohilida, Toshkent shahridan 58 km shim.-sharqda, Oqsoqotasoyining Chirchiq daryosiga quyilish joyida, oʻrtacha 700 m balandlikda, seysmik zonada joylashgan (8—9 ball). Aholisi 20,7 ming kishi (2004). Gʻ. toponimi professor H. Hasanovning fikricha, gʻizol (ohu) soʻzidan tarkib topgan. Shahar 1932-yilda Chirchiq GESlar kaskadi bosh inshooti quruvchilarining shaharchasi sifatida bunyod etilgan. Gʻ.da qandolatchilik f-kasi, meva-konserva, meva sharbati va hokazo ishlab chiqaruvchi „Gʻazalkent“ oziqovqat korxonasi, vino kombinati, sut-yogʻ, oynashisha zavodlari, yoʻl-qurilish va sozlash korxonalari, metallsozlik, qurilish materiallari, toshga ishlov berish kombinatlari, avtokorxona, dehqon bozori bor. „Konmit“ va „Konvin“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, „Yoshlar markazi“, stadion va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻ-ruqxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri va boshqa tibbiy muassa-salar, bolalar va kattalar sanatoriylari, dam olish uylari aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻ. dan Toshkent, Chirchiq shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Chorvoq elektrlashtirilgan temir yoʻl shahar yonidan oʻtadi.
Gʻazalkent | |
---|---|
shahar | |
41°33′45″N 69°46′30″E / 41.56250°N 69.77500°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Boʻstonliq tumani |
Aholisi | 20 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |