Gʻazni hujumi
Gʻazni hujumi 2018-yilning 10-avgustida Tolibon jangarilari Afgʻonistonning oltinchi yirik shahri hamda mamlakat tarixida madaniy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan Gʻazni shahriga hujum qilgan vaqtda boshlangan. Hujum yuzlab isyonchilar, askarlar, politsiyachilar va tinch aholining oʻlimiga sabab boʻldi. Shuningdek, shaharga katta miqdorda moddiy zarar ham yetgan. Afgʻonistonda 2018-yilgi parlament saylovlaridan bir necha hafta oldin sodir boʻlgan hujum iyun oyida imzolangan uch kunlik sulh tinchlik muzokaralari boshlanishiga umid uygʻotganidan keyingi eng yirik jang boʻldi.
Gʻazni hujumi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Afgʻonistondagi urush (2001–2021)ning bir qismi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Afgʻoniston Amerika Qoʻshma Shtatlari |
[[Tolibon|]] | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Ashraf Gʻani (Afgʻoniston prezidenti) Muhammad Sharif Yaftaliy[4] (ANA chief of staff) Brigada generali Dadan Lavang[5] (203-korpus) General John Nicholson (Qatʼiy qoʻllab-quvvatlash missiyasi qoʻmondoni) |
Haybatulloh Oxundzoda (Oliy qoʻmondon) | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
Afgʻon milliy xavfsizlik kuchlari | Bir nechta kontingent
| ||||||
Kuchlar | |||||||
Kamida 1,500 askar[9] 3 ta armiya maxsus operatsiyalar guruhi (ODA) |
1,000dan ortiq[10] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
140–200 nafar oʻldirildi (butun Gʻazni viloyati boʻylab)[11][12]
9 nafar jarohatlandi[5]
|
* 500–600 nafar oʻldirildi (Afgʻon harbiylari daʼvosi)[3]
| ||||||
150 nafar tinch aholi vakillari oʻldirildi[3] |
Jang Tolibonning bir qancha hukumat bazalari va tumanlarini egallab olishi hamda yuzlab afgʻon askarlari va politsiyachilari halok boʻlishiga sabab boʻlgan kengroq miqyosdagi muvofiqlashtirilgan hujumning bir qismi edi.
Tarixi
tahrir2017-yil va 2018-yil boshida Gʻazni shahri va Gʻazni viloyatida xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat keskin yomonlashdi[16]. Jangdan bir necha oy oldin Gʻazni viloyatining shahar va tumanlarida Tolibon faolligi kuchaygani haqida koʻplab xabarlar olingan. Mahalliy hukumat xodimlariga hujum qilish, mahalliy aholini majburiy soliqqa tortish va isyonchi jangchilar yoʻl toʻsiqlari oʻrnatishi kabi klassik qoʻzgʻolon taktikasi haqida xabarlar berilgan[17][18]. 2018-yilning may—iyun oylarida Tolibon 1-magistralni (Afgʻonistonning eng yirik shaharlari Kobul va Qandahorni bogʻlovchi) toʻsib qoʻyib, yoʻl foydalanuvchilarini yoʻldan foydalanish uchun soliq toʻlashga majbur qildi. Boshqa xabarlarga koʻra, 2018-yil may oyiga kelib, Tolibon „shaharga kiruvchi yoʻl tarmogʻini nazorat qilayotgani... mahallalarda bemalol yashayotgani, soliq yigʻayotgani, xavfsizlik xodimlari va hukumat amaldorlarini oʻldirayotgani va oʻzining qattiq islomiy qonunlarini tatbiq etayotgani“ aytilgan[16]. Tolibonlar ochiqchasiga oʻz qurollarini shahar ichida olib oʻtishgan. Mahalliy rasmiylarning fikricha, Gʻazni atrofini qoʻriqlayotgan xavfsizlik xodimlari Tolibonga shaharga erkin kirishga imkon bergan[5].
Jang
tahrirJang tartibi
tahrirAfgʻon hukumati va ittifoqchi kuchlar:
- Afgʻon milliy armiyasi
- 203-korpus[7]
- Qoʻmondonlik korpusi[6][7]
- 2-Kandak qoʻmondonligi[5]
- Afgʻon milliy politsiyasi
- 303-hudud guruhi[7]
- Qoʻshma Shtatlar armiyasi
- 101-havo—desant diviziyasi (qismlari)[7]
- 4-piyodalar diviziyasi
- 1-Strayker jamoasining jangovar guruhi[5]
- Maxsus kuchlar
- Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari
Gʻazni shahri uchun jang
tahrirTolibon 2018-yil 10-avgust kuni yarim tunda shaharga keng koʻlamli hujumni boshladi. Jang Gʻazni shahrining yettita mahallasida, jumladan, gubernator qarorgohidan 0.5 mi (0.80 km) uzoqlikdagi uchta koʻchada avj oldi[19]. Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Twitterda „yuzlab mujohidlar shaharga kirib, politsiya shtab-kvartirasi, olti politsiya okrugi hamda muhim harbiy baza – Bala Xesarni egallab olganini“ ma’lum qildi[20]. Hukumat rasmiylari shaharda hokimiyat qulash xavfi borligini inkor etishdi, biroq isyonchilar chekinishgacha boʻlgan vaqtda gubernatorlik va politsiya shtab-kvartirasidan 300 yd (270 m) masofada jang olib borganlarini tan olishdi[20]. Hujum paytida Tolibon uyali telefon minoralarini yoʻq qilishga muvaffaq boʻlib, shahar bilan aloqani samarali uza oldi. Ular, shuningdek, hukumatga qoʻshimcha kuchlar yuborish imkonini beradigan koʻprikni vayron qilishdi[21].
11-avgust kuni Afgʻoniston Qurolli kuchlarining qoʻshimcha kuchlari Gʻazni shahriga yetib keldi. Bu vaqtda toliblar tinch aholining uylarida yashirinib, janglarni davom ettirishdi[21]. AQSh armiyasi maxsus kuchlari boʻlinmasi, 1333-operativ Alfa otryadi (ODA) guruhi ham Gʻazni shahrini Tolibon qamalidan qutqarish uchun yetib keldi[5]. Tolibon shaharning asosiy qamoqxonasi ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olib, qamoqxona ichidagi barcha mahbuslarni qoʻyib yuborganini daʼvo qildi[21]. Hukumat radiosi va televideniyesi xodimlari qochib ketgani uchun efirlar toʻxtatildi. Faqat Tolibon radiosi boʻlgan Shariat radiosi eshittirishni davom ettirdi[21]. Afgʻoniston hukumati va xalqaro ittifoqchilari shaharda hali ham Tolibon boʻlishiga qaramay, shaharni nazorat qilishda davom etishlarini hamda Gʻazni viloyati kengashi a’zosi bilan shaharning 70 foiz boshqaruvi Tolibon qoʻl ostida ekanligini da’vo qilsa-da, nazorat-oʻtkazish punktlari oʻrnatishda davom etishlarini aytishdi[21].
Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari 10—12-avgust kunlari Tolibonga qarshi 24 ta havo hujumini amalga oshirdi[22]. Biroq, uch kunlik janglardan keyin ham Tolibon shaharning katta qismini nazorat qilishda davom etayotgani xabar qilingan[16]. Mamlakat ichki ishlar vaziri Vais Barmakning aytishicha, 12-avgust kuni bitta havo hujumida 50 nafar Tolibon askari halok boʻlgan[23].
12-avgust kuni gʻaznalik deputat „faqat gubernatorlik, politsiya shtab-kvartirasi va razvedka agentligi qarorgohi hukumat qoʻlida va Tolibon ularni ham olishga intilmoqda“, dedi[24]. Tolibon eski Gʻazni aviabazasi va shaharning aksariyat qismini egallab olganini daʼvo qildi[25]. Afgʻon kuchlarining qoʻshimcha karvoni qoʻshni Paktiya viloyatidan Gʻazniga kelayotganda pistirmaga uchragan[26]. Shaharning barcha qismlarini qaytarib olish qiyinligini hisobga olib, Qoʻshma Shtatlar afgʻon kuchlariga yordam berish uchun harbiy maslahatchilar yubordi[26]. Mahalliy aholi va afgʻon rasmiylarining xabarlariga koʻra, isyonchi guruhlar Gʻazni shahri tashqarisidagi tumanlarga ham tarqala boshlagan. Mazkur tumanlardan ikkitasi bir kechada Tolibon nazorati ostiga oʻtgan[11]. Gʻazni shahrida viloyat kengashi aʼzosi „gubernatorlik, politsiya shtab-kvartirasi va razvedka idorasi binosi atrofida shiddatli janglar davom etayotganini“ aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, „qoʻshimcha kuchlar hech qanday samarali ish qilmagan, ular qilgani faqat oʻzlari uchun baza yaratish“ boʻlgan[11]. Gʻazni politsiyasi boshligʻi Farid Ahmad Mashʼal „qoʻshimcha kuchlar, jumladan, Amerika qoʻshinlari shaharda Tolibonni tozalay boshlaganini“ daʼvo qildi[11]. Kobuldagi hukumat va armiya Gʻaznini toʻliq nazorat ostiga olishga muvaffaq boʻldi[11].
13-avgust kuni Afgʻoniston ichki ishlar vaziri Vais Barmak dushanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Tolibonning Gʻazni politsiyasi shtab-kvartirasi va qamoqxonalarini egallab olgani haqidagi daʻvolari yolgʻon ekanini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, afgʻon kuchlari Tolibonning barcha hujumlarini qaytargan va shahar hukumat nazorati ostida qolgan[27]. Gʻaznadagi AQSh harbiylari matbuot kotibi podpolkovnik Martin OʼDonnellning aytishicha, shahar Afgʻoniston hukumati nazorati ostida qolmoqda va isyonchilar „baʼzilar daʼvo qilganidek, shaharning qulashi darajasida xavf tugʻdirmaydi“[27]. Biroq, rasmiylar va Gʻazni aholisi hukumat binolarini doimiy hujum ostida, Tolibon jangarilari esa shahar boʻylab koʻpchilik mahallalarda nazorat oʻrnatgan, deb taʼkidladi[28]. Tolibonning shaharga kirish yoʻllarini minalashtirishi hukumatning yordamchi kuch yuborishini qiyinlashtirgan[29].
14-avgust kuni Tolibon Gʻazni shahridan chiqib ketgani xabar qilindi. 15-avgustga kelib, tinch aholi uylaridan chiqib, shahardagi omon qolgan ikkita novvoyxona oldida non uchun navbatlar hosil qilishdi[9]. Bir necha kun davomida koʻchalarda qoldirilgan jasadlar mahalliy daryoga tashlash orqali yoʻq qilindi. Bu holat esa suv taʼminotini buzib, shahardagi sogʻliqni saqlash inqirozini yanada ogʻirlashtirish xavfini yuzaga keltishi ehtimoli oshirdi[9].
Tolibon Gʻazni viloyati qishloqlarida va boshqa joylarda hujumlar uyushtirdi
tahrirGʻazni shahridagi jang paytida Tolibon kuchlari Gʻazni viloyati boʻylab hujumlar uyushtirgan. Isyonchilar may va iyun oylarida bir oydan koʻproq vaqt davomida 1-magistralni toʻsib qoʻyishdi. Tolibon kuchlari Ajriston va Xoʻja Umariyning chekka tumanlariga ham hujum qilib, shaharlarni egallab oldi. Oʻnlab hukumat askarlarini oʻldirib, qolganlarni chekinishga majbur qildi[23]. Bundan tashqari, hujum paytida isyonchilar Gʻazni viloyatining besh tumanini egallab, yana olti tuman uchun janglar olib borishdi. Tolibon janglar oldidan beshta tumanni egallab olishi natijasida Gʻazni viloyati rasmiy hukumat nazorati ostida uchta tuman saqlanib qoldi[1].
Jang paytida 1000 ga yaqin Tolibon jangarilari Faryob viloyati shimolidagi Gʻormach tumanida joylashgan Xitoy lageri deb nomlanuvchi hukumat bazasiga hujum qilib, egallab olishdi. Hujum natijasida 100 ga yaqin afgʻon askarlari oʻldirildi yoki asir olindi. Rasmiy hukumat Tolibon bilan oʻtgan ikki kunlik jang davomida qoʻshinlar taʼminoti yoki qoʻshimcha kuchlar ajratish boʻyicha hech qanday harakat qilmadi[10].
15-avgust kuni Tolibon Bagʻlon viloyatining Bagʻloniy Jadid tumanidagi bazani egallash chogʻida 45 nafar hukumat askarlari va politsiyachini oʻldirdi[30].
Politsiya & harbiylar
tahrirJang boshida kamida 14 nafar xavfsizlik kuchlari halok boʻldi, koʻplari yaralandi. Jang davomida yana koʻplab politsiyachilar halok boʻldi[31]. 17-sentyabr kuni Tolibon afgʻon politsiyasi va harbiy bazalarga hujum qilib, 10 ga yaqin xavfsizlik xodimini oʻldirgan[32].
Yaxshi qurollanmagan va kam maosh oladigan Afgʻoniston politsiyasi kerakli tayyorgarlik va qurolsiz Tolibon jangarilariga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Hatto, politsiya xodimlari maoshlaridan ham mahrum qilingan edi[33].
Oqibat
tahrirAQSh armiyasining ishtiroki
tahrirGarchi AQSh armiyasi 2014-yilda jangovar missiyalarni tugatganini taʼkidlagan boʻlsa-da, bu jang AQSh kuchlari jonlanayotgan Tolibonni toʻxtatib qolish uchun kurashayotgan afgʻon kuchlarini qutqarish maqsadida muntazam ravishda harakat qilishayotganini isbotladi. AQSh maxsus kuchlari boʻlinmasi Gʻazni shahri uchun jangda faol ishtirok etdi[5].
Gumanitar oqibatlar
tahrir13-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻaznida oziq-ovqat zahiralari kamayib borayotgani, bosh kasalxonada dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgani haqida ogohlantirish bilan chiqdi. Shahardan qochgan odamlar ham oziq-ovqat va suv tanqisligi haqida xabar berishdi[34].
Reaksiyalar
tahrir- Milliy xavfsizlik boshqarmasi sobiq rahbari Asadulla Xolidning taʼkidlashicha, „Gʻazni shahrining ayrim qismlari jangarilar qoʻliga oʻtishiga asosiy sabab xavfsizlik idoralarining eʼtiborsizligidir“[35].
- Gʻaznalik bir qator deputatlar va viloyat kengashi aʼzolari viloyat bir necha oydan beri tahdidlarga duch kelgani, biroq hukumat bu masalaga eʼtibor qaratmaganini aytishdi[35].
- Gʻaznidagi jangni sharhlagan bir qator sobiq harbiy zobitlar boshqaruvning yomonligida mahalliy xavfsizlik xodimlarini ayblashdi[35].
- Afgʻonistonning yuqori martabali rasmiysi Tolibonning Gʻazniga hujumi masalasida rasmiylarning munosabati xaotik boʻlganini taʼkidladi[11].
- Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Gʻazni shahridagi vaziyatdan bexabar ekanini ochiq tan olgan. Tolibon Gʻazni shahriga hujum qilganining uchinchi kunigina shaharning ayanchli ahvolidan xabardor boʻlgan[36].
- Xitoy lageri toliblar qoʻliga oʻtishidan oldin Xitoy lagerida joylashgan afgʻon askarlari Afgʻoniston hukumati va harbiylarni ularni tashlab ketgani uchun qattiq tanqid qilgan. Ularning taʼkidlashicha, afgʻon harbiylari vertolyotlardan lager mudofaasi uchun foydalanishdan koʻra, IShID asirlarini vertolyotlarda olib ketishni afzal koʻrgan. Askarlar IShID jangarilari asirmi yoki hukumatning faxriy mehmonimi, deya soʻrashgan[10][37].
Urushning davom etishi
tahrir2019—2020-yillardagi ogʻir va uzoq davom etgan janglar davomida Afgʻoniston hukumati Gʻazni viloyatidagi 2018-yilgi hujum paytida isyonchilarga boy berilgan ayrim hududlarni qaytarib oldi[38].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Roggio, Bill „Taliban fighters loot district center in Ghazni“. Long War Journal (18-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
- ↑ Roggio, Bill; Gutowski, Alexandra „Resolute Support obscures status of 7 Ghazni districts as 3 more fall to Taliban“. Long War Journal (13-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Taliban overruns another base in north as it withdraws from Ghazni City“ (15-avgust 2018-yil).
- ↑ Rod Nordland; Jawad Sukhanyar „As Taliban Fight for Ghazni City in Afghanistan, Nearby Districts Fall“. The New York Times (13-avgust 2018-yil). Qaraldi: 18-avgust 2018-yil.
- ↑ 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 „Exclusive: Inside the U.S. Fight to Save Ghazni From the Taliban“. Time. Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
- ↑ 6,0 6,1 Roggio, Bill „Taliban routs Afghan Commandos while overrunning remote district in Ghazni“. Long War Journal (12-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Rempfer, Kyle „Ghazni City update: Here's what Green Berets, 1st SFAB and Apaches are doing to help“. Military Times (15-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
- ↑ Joscelyn, Thomas „Foreign fighters involved in assault on Ghazni, Afghan defense minister says“. Long War Journal (13-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Afghan City Gauges Toll After Taliban Siege . Wall Street Journal.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 The Afghan Army’s Last Stand at Chinese Camp. NYTimes.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Nordland, Rod; Abed, Fahim; Mashal, Mujib. „Over 100 Officers and Soldiers Killed in Crucial Afghan City in 3 Days“. New york times (2018-yil 12-avgust).
- ↑ „Taliban Kill More Than 200 Afghan Defenders on 4 Fronts: 'a Catastrophe'“. New York Times (12-avgust 2018-yil).
- ↑ „Exclusive: Inside the U.S. Fight to Save Ghazni from the Taliban“ (23-avgust 2018-yil).
- ↑ Rahim, Najim; Nordland, Rod. „Witness recounts horror of fleeing Afghan city under Taliban siege“. The New York Times. The Observer (4-avgust 2018-yil). Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
- ↑ „Taliban forces storm major Afghan city before being repelled by U.S.-backed government forces“. The Washington Times. Qaraldi: 10-avgust 2018-yil.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 Roggio, Bill. „Taliban overruns second district in Ghazni“ (en-US). Long War Journal. Foundation for Defense of Democracies (2018-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ Sukhanyar, Jawad. „When the Taliban Are at the Gates, a City Has One Choice: Pay Up“ (en). The New York Times (2018-yil 7-may). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ Roggio, Bill. „Taliban activity in Ghazni City highlights deteriorating security in Afghanistan“ (en-US). Long War Journal. Foundation for Defense of Democracies (2018-yil 8-may). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Afghan Troops, Taliban Both Claim Advantage in Major Fighting“. Wall street journal (2018-yil 11-avgust).
- ↑ 20,0 20,1 „Taliban Launch Assault on Ghazni, a Key Afghan City“. New york times (2018-yil 10-avgust).
- ↑ 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 „Both Sides Claim Control of Key Afghan City After Taliban Attack“. New york times (2018-yil 11-avgust).
- ↑ U.S. downplays "failed" Taliban siege as 100 Afghan forces killed. CBS.
- ↑ 23,0 23,1 Afghanistan sends special forces to beef up defense of threatened city. Reuters.
- ↑ „Intense fighting in Afghan city Ghazni as Taliban presses“. Reuters (2018-yil 12-avgust).
- ↑ „Old #Ghazni airbase overrun, 20 pickup trucks destroyed, Qala Shada area of city also cleared. Mujahidin again managed to hold onto areas cleared from enemy over past two days, most parts of the city under Mujahidin control as clearing ops continue.“ (2018-yil 12-avgust).
- ↑ 26,0 26,1 „US advising Afghan forces in battle for eastern city“. Fox news (2018-yil 12-avgust).
- ↑ 27,0 27,1 „America's longest war takes worrying new turn“. CNN (2018-yil 13-avgust).
- ↑ Nordland, Rod; Sukhanyar, Jawad. „As Taliban Fight for Ghazni City in Afghanistan, Nearby Districts Fall“. New york times (2018-yil 13-avgust).
- ↑ Afghanistan - Ghazni battle: UN raises concerns for the plight of civilians | August 13, 2018 . France24.
- ↑ Taliban overruns another base in north as it withdraws from Ghazni City. Long War Journal.
- ↑ „Dozens dead as Taliban attacks Afghanistan's Ghazni“. Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.
- ↑ „Taliban attacks kill 10 members of Afghan security forces“. ABC News. Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.
- ↑ Jain, Mustafa Andalib. „Forced to fight as soldiers and taking casualties, Afghan police demand reforms“ (2018-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Afghanistan: Battle-torn Ghazni residents 'can't find food'“. BBC News (2018-yil 13-avgust).
- ↑ 35,0 35,1 35,2 „Ex-NDS Chief Criticizes Security Agencies Over Ghazni War“. TOLO News (2018-yil 11-avgust).
- ↑ Nordland, Rod. „Who Is Winning the War in Afghanistan? Depends on Which One“. New York Times (2018-yil 18-avgust). Qaraldi: 2018-yil 18-avgust. „Not until late on the third day of the Taliban’s assault on Ghazni did President Ashraf Ghani’s aides even inform him of the desperation level there, two government officials said privately; Mr. Ghani himself later confirmed that publicly.“.
- ↑ „The Afghan military airlifted ISIS captives out rather than re-supply a besieged base — and the Taliban overran it“. Business Insider. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Afghan forces claiming victory in Taliban-controlled areas“. Qaraldi: 2020-yil 27-may.