Gʻofir Rahimov
Gʻofir Rahimovich Rahimov (1905, Toshkent — 1972, Leningrad; Toshkentda dafn etilgan) — elektrotexnika sohasidagi olim, professor (1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1964), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Leningrad universitetida oʻqigan (1923—26), Leningrad Politexnika institutini tugatgan (1931). Oʻrta Osiyo energetika institutida assistent (1932-yildan), dotsent (1933-yildan), kafedra mudiri (1934-yildan), prorektor (1956— 62), muhandislikfizika fakulteti dekani (1962—65). Ilmiy ishlari elektrotexnika, elektronika, elektr zanjirlari va tizimlariga, elektr ferromagnit zanjirlarning avtoparametrik uygʻonishi nazariyasi masalalariga doir. Oʻzbekiston Energetiklar va elektr sanoati xodimlari ilmiy tadqiqot jamiyati raisi (196372).
Manbalar
tahrir- Elektronika, T., 1968.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |