Gʻozonxon (1271-1304) hulokuiylar sulolasidan boʻlgan Eron hukmdori (elxoni) (1295—1304). Oʻsmirlik chogʻidayoq Xuroson noibligiga tayinlangan. 1295-yil Elxon Bayduga qarshi isyon koʻtarib taxtni egallagan. Buddaviylik taʼlimini olgan, lekin Eron zodagonlari va ruhoniylari, koʻchmanchi moʻgʻul zodagonlarining koʻmagiga ehtiyoj sezgan va Islomni qabul qilgan va uni qaytadan davlat diniga aylantirgan. 1299-1303-yillarda Gʻ.Suriyaga 3-marta harbiy yurish qilgan. Moʻgʻullar istilosi va dastlabki elxonlar siyosati natijasida vayron boʻlgan mamlakat iqtisodini qayta tiklash maqsadida Gʻ. vaziri Rashi-duddin yordamida bir qator islohotlar oʻtkazgan. Gʻ. harbiy xizmatga jalb etilgan barcha moʻgʻullarga iqto ajratish haqida farmon chiqargan. Dehqonlarni yerga biriktirilishi va boshqa yerga oʻtishini man etuvchi moʻgul xonlari tomonidan joriy etilgan farmonni tasdiklagan. Gʻ. davrida kanallar qazilgan, Tabriz yaqinida rasadxona va kasalxona qurilgan. Gʻ. olimlarga homiylik qilgan.