Gʻulom Mahkamovich Mahkamov (1907-yil,7- oktabr-Toshkent—1987-yil) – gigiyenist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1963). 1932-yil Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. Shu institutda 1936-1941-yillarda gigiyena kafedrasida assistent, 1941-1946-yillarda dotsent, 1946-yildan ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1941-1948-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi sanitariya boʻlimining boshligʻi, 1951-1956-yillarda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi epidemiyaga qarshi sanitariya boshqarmasining boshligʻi, 1958-1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Ilmiy ishlari, asosan, ovqatlanish masalalari, ovqatdan zaharlanish va uning oldini olishga oid mavzularda[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil