Gʻiyosiddin Tugʻloq
(G‘iyosiddin Tug‘loqdan yoʻnaltirildi)
Gʻiyosiddin Tugʻloq - Dehli sultonligi hukmdori (1320—25). Tugʻloqiylar sulolasi asoschisi. Xi.tjiylar sulolasi vakili. Alovuddin Xil-jiy hukmronligi davri (1296—1316) da moʻgullar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Saroy amaldorlarining sulton nosiruddin Xisravshohga qarshi fit-nasi natijasida taxtga oʻtirgan. Mulkdorlarni oʻz tomoniga agʻdarib olish maqsadida alovuddin tomonidan tortib olingan yerlarni egalariga qaytargan. Xiljiylar sulolasining soʻnggi vakillarining oʻzaro kurashlari natijasida zaiflashgan davlat hokimiyatini mustahkamlagan, soliqlarni yoʻlga qoʻygan. Sugʻorish inshootlari barpo etish bilan qishloq xoʻjaligining rivojlanishiga imkon bergan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |