Gʻozi Yunus
Gʻozi Yunus (taxallusi; asl nomi Yunusov Gʻozi Mahammad) (1889, Toshkent – 1942, Vologda, Rossiya) – dramaturg, tanqidchi, jurnalist, tarjimon.
Biografiyasi
tahrirBaroqxon-Navroʻz Ahmad madrasasida tahsil olgan. „Turon“ truppasida ishtirok etgan. „Ochlarga yordam qoʻmitasi“da sarkotib (1917). 1918—20 yillarda „Ishchilar dunyosi“ va „Turk ROSTA“da boʻlim mudiri va masʼul muharrir. „Mehnatkashlar tovushi“ gaz. tashkilotchisi va masʼul muharriri (1919). 1920—24 yillarda „Ishtirokiyun“, „Qizil bayroq“, „Turkiston“ gaz.larida adabiy xodim, masʼul muharrir, boʻlim mudiri. 1923-yilda „Mushtum“ jur.ni tashkil etgan. Shuningdek, 1918—20 yillarda „Nashri Gʻozi Yunus“ xususiy nashriyotini tashkil qilgan va ilmiy-badiiy asarlarni chop etib. tarqatgan. 20-yillar 2-yarmida magbuotda shoʻro hukumati siyosatini fosh etuvchi maqola. reportaj, hajviyalar eʼlon qilgani uchun firqadan oʻchirilib. ishdan boʻshatilgan. 1926—37 yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gaz.da, „Oʻzdavnashr“da, „Qishloq xoʻjaligi“ jur.da musahhih.
Gʻ.Yu. milliy matbuotda faol qatnashgan. U „Gʻus“. „Gʻurt“, „Qoʻrqoq ayyor“, „Bogʻbon“, „Toʻqmoq“, „Sha-paloq maxdum“ kabi 30 dan ortiq taxallus qoʻllagan. U matbuotda milliy teatr, dramaturgiya. rejissu-ra, ijrochilik sanʼatining dol-zarb muammolarini koʻtargan. „Zahhoki Moron“ (4 pardali drama, 1920), „Turma xotiralari yexud haqsizlik kasofati“ (sheʼriy dos-togʻq 1917) kabi asarlar mualli-fk. V.Bartoldning „Is.tom tari-xi“, L.Tolstoyning „Bo.talik“ va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
1937-yilla qamoqqa olinib. Vologda viloyatiga surgun qilingan. 1942-yilda ochlikdan vafot etgap. 1957-yil 22-yanvarda oqlangan.
Sirojiddin Ahmedov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |