GIF qisqartmasi talaffuzi
GIF inglizcha Graphics Interchange Format, yaʼni „grafika almashish formati“ soʻzlarining qisqartmasi boʻlib, qisqartmaning talaffuzi 1990-yillardan beri bahsli boʻlib keladi. GIF ingliz tilida bir boʻgʻinli soʻz sifatida maʼlum boʻlib, keng miqyosda /dɪʒf/ ( tinglang) (jang soʻzidagi j tovushi bilan) hamda /ɡɪf/ ( tinglang) (gul soʻzidagi g tovushi bilan) talaffuz qilinadi. Munozarada koʻplab jamoat arboblari va muassasalar ishtirok etib keladi. Format yaratuvchisi Steve Wilhite (talaffuzi: Stiv Vilhayt) 2013-yilgi „Webby Awards“ tanlovida nutq so‘zlab, j bilan talaffuz to‘g‘ri ekanligini aytgan.
GIF soʻzi turli hududlarda turlicha talaffuz qilinsa-da, soʻrovlar natijasi odatda g bilan talaffuz koʻproq tarqalganligini koʻrsatadi. Bundan tashqari, baʼzilar GIF qisqartmadagi har bir harfni alohida talaffuz qilib, uni /dʒiː aɪ ɛf/ ( tinglang) shaklida talaffuz qilishadi. Ingliz tili lugʻatlarida ikkala asosiy variant ham keltirilgan. Inglizcha soʻzlarning talaffuz chastotasiga asoslangan holda oʻtkazilgan lingvistik tahlillarda esa ikki variant ichida birortasi ham ustun emasligi xulosa qilingan. Ingliz tilidan boshqa ayrim tillarda ham GIF qisqartmasi turlicha talaffuz qilinadi.
Tarixi
tahrirGraphics Interchange Format (GIF) — 1987-yilda Amerikaning CompuServe onlayn xizmat koʻrsatuvchi provayderida Steve Wilhite tomonidan ishlab chiqilgan tasviriy fayl formati hisoblanadi[1]. GIF’lar odatda qisqa, takrorlanuvchi animatsiyalarni koʻrsatish uchun ishlatilinadi. Odatda, bir boʻgʻin sifatida talaffuz qilinadigan GIF qisqartma talaffuzi bahsli mavzulardan sanaladi[2]. Baʼzi odamlar soʻzni /ɡɪf/ kabi qattiq g harfi bilan talaffuz qiladilar, boshqalari esa /dʒɪf/ kabi yumshoq g harfi bilan talaffuz qiladilar[3]. Yana bir shaklda /dʒiː aɪ ɛf/ harflaridan alohida talaffuzi yaratib, qisqartmaning har bir harfini alohida talaffuz qilishni afzal koʻrishadi[4].
Wilhite va fayl formatini ishlab chiqqan jamoa tomonidan, ushbu qisqartma, yumshoq g harfi bilan talaffuz qilinishi kerakligi haqida maxsus xususiyatlar orqali izoh kiritilgan. Texnik spetsifikatsiyalarda jamoa yeryong‘oq yog‘i ishlab chiqaruvchi Jif kompaniyasiga tegishli, „Picky moms choose Jif“ koʻrinishidagi shiordan ilhomlangan holda, „Picky programmers choose‘jif“ " deya oʻzlariga yangi shior tamoyil eʼlon qilishadi. ABC News xabariga koʻra, kalavaning ipi 1994-yilga borib taqaladi. Tasvir formatlari ensiklopediyasi muallifining taʼkidlashicha, „koʻpchilik“ yumshoq g talafuzidan koʻra qattiq g talaffuzini afzal koʻrishlarini taʼkidlab oʻtishgan[5].
Oʻzga tillarda
tahrirFransuz tilida, koʻpchilik soʻzlashuvchilar, [dʒ] yoki [ɡ] oʻrniga postalveolyar frikativ — [ʒ] tovushini maʼqul koʻradilar. Bu fransuzcha joie soʻzida j koʻrinishida yoki boʻlmasa, inglizcha measure yoki vision soʻzidagi tegishli tovushlar kabi talaffuz qilinadi[6]. Qisqartma quyidagicha talaffuz qilinadi: [ ʒ i f ][7]. Baʼzi tillarning fonologiyasida ingliz tilidagi yumshoq va qattiq g kabi tovushlari yoʻq. Masalan, ispan va fin tillarida [ʒ] tovushi mavjud emas. Yoki boʻlmasa, arab tilining koʻp shevalarida [ɡ] tovushi yoʻq[6][8]. Norveg tilida GIF mahalliy soʻzlardan farqli oʻlaroq qattiq g[9] bilan talaffuz qilinadi.
Bahs tahlili
tahrirSabablar
tahrir"Tizimlar" argumentining yana bir misoli chastota tahlili boʻlib, u Dow tahliliga oʻxshash boshqa vaziyatlarda g tovushining qattiq yoki yumshoq talaffuzidan boshqa inglizcha soʻzlardan foydalanishini aniqlashtirish uchun tekshiriladi[10]. Steve Wilhite g harfining yumshoq talaffuzi yagona toʻgʻri shakl ekanligi haqidagi fikrini eʼlon qilganidan soʻng, ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda masalaning har ikki tomonida bahs-munozalar boshlanadi[11]. Casey Channing Gizmodo uchun yozgan maqolasida Wilhite adashganligi taʼkidlaydi. Chunki yumshoq g harfidan keyin if qoʻshimchasi mavjud boʻlsa, soʻz j harfi bilan yozilishi kerak. Masalan, „Jiffy Lube“dagi „jiffy“. Shuningdek, yeryongʻoq yogʻi kompaniyasi Jif soʻzida ham shu kabi tahlil qoʻl keladi[12].
Van der Meulen tahlilida aniqlangan navbatdagi keng tarqalgan argument bu fayl formatini yaratuvchi sifatida vakolatli shaxsni, odatda Wilhiteʼ variantini asos qilib keltirish boʻlgan[13]. Wilhite yumshoq g talaffuzini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilgandan soʻng, koʻpchilik uni soʻzning formatini yaratgani uchun talaffuz qilish vakolati sifatida tan oladi. Soʻrovda qatnashgan argumentlarning 65,2 foizi Wilhiteʼdan iqtibos keltirgan holda yumshoq „g“ ni yoqlab chiqishadi[13]. Baʼzilar, jumladan Casey Chan, AQSh prezidenti Barack Obamani qattiq „g“ shaklini qoʻllab-quvvatlashda keltirgan iqtibosini oʻziga asos qilib bahsga qizgʻinlik tusini qaytargandek boʻladi[14]. Boshqalar, turli lugʻatlarni yoki Siri kabi dasturiy taʼminot yordamchilarini GIF ' talaffuzi uchun asos sifatida keltirishadi[15].
2014-yilgi Mashable nashri oʻtkazgan so‘rov butun dunyo bo‘ylab 30 000 dan ortiq odamni qamrab oladi. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, har o‘n respondentdan yetti nafari qattiq g dan foydalanishni afzal deb bilgan[16]. Van der Meulen tahlili boʻyicha fikr bildirgan foydalanuvchilarning 57,2 foizi qattiq g ni, 31,8 foizi esa yumshoq g ni qoʻllab-quvvatlagan. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning 8,2 foizi ikkala talaffuzni qoʻllab-quvvatlashi bildirib oʻtgan[13].
Stack Overflow foydalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan norasmiy so‘rov natijasi shuni ko‘rsatadiki, ovoz berganlarning 65,6 foizi qattiq g talaffuzini, 26,3 foizi yumshoq g talaffuzini, 6 foizi har bir harfniitalaffuz qilishni va 2 foizi umuman boshqa talaffuz normasini qoʻllab quvvatlashi aniqlanadi[17]. Biroq, The Economist nashri qilgan tahlil natijasi, soʻrovnoma soʻngida yuzaga chiqqan nomuvofiqliklar tanlovning tarafkashligi tufayli boʻrttirilgan, degan xulosaga kelishga olib keladi. Maqolada qattiq g dan foydalanadigan mamlakatlar dunyo aholisining 45 foizini tashkil qilsa, ushbu mamlakatlardan boʻlgan respondentlar tanlovning 79 foizini tashkil etishi qayd etilgan. Har bir mamlakat aholisining soni oʻzgartirilgandagi tahlil yumshoq g uchun 44 dan 32 foizgacha kichik farqqa yetgan boʻlsa-da, qattiq g uchun ovoz bergan respondentlar son boʻyicha hali ham yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, ushbu tuzatish har bir harfning talaffuzini 21 foizga oshirishga imkon yaratib beradi. Ushbu shakl Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan boʻlib, u yerda Xitoydan respondentlarning yarmi va Janubiy Koreyadan respondentlarning 70 foizi ishtirok etishgan. Rivojlangan mamlakatlar odatda g ning qattiq talaffuzini afzal koʻrishgani qayd etilgan[18].
Lugʻatlarda
tahrirDictionary.com lugʻatida „GIF“ soʻzi uchun qattiq va yumshoq g talaffuzlarining ikkisi ham keltirib oʻtiadi. Biroq, „GIF“ shaklidagi talaffuz asosiy versiya sifatida koʻrsatiladi[19]. Amerikancha ingliz tilining Kembrij lug'ati va Cambridge Advanced Learner's Dictionary kabi nufuzli kitob manbalarida faqat qattiq g talaffuzini koʻrsatib oʻtiladi[20]. Onlayn Merriam-Webster [21] va Lexico lugʻatlarida ikkala talaffuz ham rasmiy deya tavsiflangan[22]. Yangi Oksford Amerika lugʻatining 2005-yil nashrida faqat yumshoq g talaffuzi rasmiy talaffuz qoidasi sifatida keltirilgan[23]. Oksford inglizcha lugʻatining 2010-yil nashri ikkala talaffuzni ham sanab oʻtgan hamda yumshoq g harfini rasmiy talaffuz shakli sifatida keltiradi[24]. Norvegiya akademiyasining Norvegiya tili lugʻatida talaffuz qattiq g harfi bilan transkripsiya qilinadi: [gifː][25].
Hodisalar
tahrir2013-yil may oyida format yaratuvchisi — Wilhite har yilgi "Webby Awards" tanlovida „Mukammal Onlayn Muvaffaqiyat“ mukofoti bilan taqdirlanadi. Marosimda mukofotni qabul qilish chogʻida Willhite besh soʻzdan iborat slaydni koʻrsatadi. Slaydda quyidagi jumla tasvirlangan edi (tarjima):
„JIF“, DEYA TALLAFUZ QILINADI
„GIF“ EMASBu yerda jif yumshoq g orqali talaffuz qilishga ishora qilad[26]. Nutqdan soʻng Willhite The New York Times nashriga quyidagicha izoh beradi: "Oxford English Dictionary' lugʻatida ikkala talaffuzni ham qabul qiliadi. Ammo, bu notoʻgʻri. Aslida, bu yumshoq g (j) tovushi orqali talaffuz qilinishi kerak.
Marosimda qatnashgan tomoshabinlar ushbu qisqacha nutqqa ijobiy munosabatda boʻlishadi. Biroq u Internetda bahs-munozaralarga sabab boʻlad. Baʼzi sharhlovchilar Wilhite'ning talaffuziga qarshi chiqishadi[27][28]. Van der Meulenning taʼkidlashicha, format yaratuvchisi „oʻz ijodi haqida foydalanish boʻyicha maslahatlar bergan birinchi shaxs(yoki aniqrogʻi qisqartma)“ hisobladi[13]. Nutqdan soʻng, 17 000 dan ortiq tvitlar yoziladi. Ushbu voqealar „GIF“ni kun (qisman oy) mavzusiga aylantiradi[27]. Voqea haqida 50 dan ortiq maqolalari yaratiladi[29]. Columbia Journalism Review nashril, uch yil oʻtgach, ushbu voqea atrofidagi munozaralar oʻz choʻqqisiga chiqqanini taʼkidlaydi[28]. Yongʻoq yogʻi ishlab chiqaruvchi Jif kompaniyasi nutqdan keyin oʻzlarini qanday his qilayotganlarini soʻragan tvitga javoban, "Bugun biz bu haqida, shunchaki, aqldan ozay dedik" dey izoh qoldiradi. Yetti yil oʻtgach, Jif kompaniyasi GIF hosting platformasi boʻlmish Giphy'da oʻzini reklama qiladi. Ikki kompaniya qoʻshma bayonot chiqargan holda, toʻgʻri talaffuzda qattiq g harfi qoʻllanishi va „JIF“ oʻrniga „GIF“ yorligʻi bilan belgilangan hamda cheklangan vaqtli yeryongʻoq moyi idishlarini chiqarishi haqida bahslashishadi[30].
2013-yil oktabr oyida The New York Times nashri ijtimoiy tarmoqlarda "Jif deb talaffuz qilingan GIF — bu 1987-yilda ixtiro qilingan siqilma tasviriy fayl formati" deb boshlangan maqolasi uchun yengil tanqidga uchraydi[31]. Maqolada Wilhite nutqi va u bergan iqtibosni oʻz ichiga olgan nashrning oldingi maqolasiga havola keltirilgan edi[32][31]. 2013-yil dekabr oyida "Jeopardy!" koʻngilochar shou boshlovchisi Alex Trebek dasturning bir sonidagi yakunlovchi epizodda Willhite taqdimoti va talaffuz haqidagi fikriga ishora qilgan holda qilgan harakati ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortadi. Trebek har uchala ishtirokchining ham toʻgʻri javoblarida „GIF“ soʻzi paydo boʻlganda, yumshoq g undosh tovushi yordamida ishtirokchilarning javoblarini oʻqib chiqadi[33] Ilgari Trebek betaraf qolish uchun har bir harfni alohida talaffuz qilgan edi[34].
2014-yil iyun oyida, AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Barack Obama Tumblr asoschisi David Karp bilan suhbatda qisqartmani „g“ harfi bilan talaffuz qilish tavsiya etilganda, degan fikrni bildirgan edi. The Daily Dot'dan Miles Klee oʻsha yilning aprel oyida Oq uy blogidan Tumblr postini taʼkidladi, unda "jonlantirilgan GIFlar (qattiq „g“)" matni bilan hazil-mutoyiba infografikasi mavjud[35].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Biersdorfer, J. D.. „How to make your own animated GIFs“. The New York Times (2022-yil 12-yanvar). 2022-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ O'Leary, Amy. „Battle over GIF pronunciation erupts“. The New York Times (2013-yil 23-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Greenfield, Rebecca. „Tech etymology: animated GIF“. The Atlantic (2011-yil 1-fevral). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ „How do you pronounce GIFAndoza:-?“ (2017-yil 29-iyun). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Webb, Tiger. „Is it pronounced GIF or JIFAndoza:-? And why do we care?“. ABC News (2018-yil 9-avgust). 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 Dumazet, Mathilde. „La prononciation du mot GIF dépend du pays dans lequel vous habitez“ (fr). Slate (2017-yil 30-iyun). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
- ↑ "gif" (fr). Petit Robert. Dictionnaires Le Robert. https://dictionnaire.lerobert.com/definition/gif. Qaraldi: March 18, 2022.
- ↑ Ryding, Karin C. „Arabic phonology“, . Arabic: A Linguistic Introduction. Cambridge University Press, June 2014 — 18–19-bet. DOI:10.1017/CBO9781139151016. ISBN 9781139151016.
- ↑ "gif" (Norwegian). gif. Norwegian Academy for Language and Literature. https://naob.no/ordbok/gif. Qaraldi: April 12, 2022.
- ↑ van der Meulen 2019, s. 49.
- ↑ O'Leary, Amy. „Battle over GIF pronunciation erupts“. The New York Times (2013-yil 23-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Chan, Casey. „The creator of the GIF says it's pronounced JIF. He is wrong.“. Gizmodo (2013-yil 21-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 van der Meulen 2019.
- ↑ Chan, Casey. „The creator of the GIF says it's pronounced JIF. He is wrong.“. Gizmodo (2013-yil 21-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ van der Meulen 2019, s. 48.
- ↑ Buck, Stephanie. „70 percent of people worldwide pronounce GIF with a hard g“. Mashable (2014-yil 21-oktyabr). 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.
- ↑ „Developer survey results“. Stack Overflow (2017). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
- ↑ „How do you pronounce GIFAndoza:-?“. The Economist (2017-yil 29-iyun). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ „GIF“. Dictionary.com Unabridged. Random House. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ „GIF“. Cambridge Dictionary. 2014-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
- ↑ „GIF“. Merriam-Webster. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
- ↑ „GIF“. Lexico. Oxford University Press. 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-oktyabr.
- ↑ The New Oxford American Dictionary 2005.
- ↑ Oxford Dictionary of English 2010.
- ↑ "gif" (Norwegian). gif. Norwegian Academy for Language and Literature. https://naob.no/ordbok/gif. Qaraldi: April 12, 2022.
- ↑ O'Leary, Amy. „Battle over GIF pronunciation erupts“. The New York Times (2013-yil 23-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ 27,0 27,1 Gross, Doug. „It's settled! Creator tells us how to pronounce GIF“. CNN (2013-yil 22-may). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ 28,0 28,1 Perlman, Merrill. „The great GIF debate“. Columbia Journalism Review (2016-yil 18-iyul). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ O'Leary, Amy. „Battle over GIF pronunciation erupts“. The New York Times (2013-yil 23-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Ritzen, Stacey. „Jif peanut butter and Giphy have joined forces on how to pronounce GIF“. The Daily Dot (2020-yil 25-fevral). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ 31,0 31,1 Bump, Philip. „If you pronounce GIF with a hard g, you must be new to the internet“. The Atlantic (2013-yil 22-oktyabr). 2022-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ O'Leary, Amy. „Battle over GIF pronunciation erupts“. The New York Times (2013-yil 23-may). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Rothberg, Daniel. „Jeopardy wades into GIF pronunciation battle“. Los Angeles Times (2013-yil 4-dekabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Dewey, Caitlin. „Jeopardy has conclusively settled the GIF pronunciation war“. The Washington Post (2013-yil 4-dekabr). 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ Klee, Miles. „Obama to America: Pronounce GIF with a hard g“. The Daily Dot (2014-yil 13-iyun). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- van der Meulen, Marten (May 22, 2019). "Obama, SCUBA or gift?: Authority and argumentation in online discussion on the pronunciation of GIF". English Today 36 (1): 45–50. doi:10.1017/S0266078419000142. ISSN 0266-0784.
- The New Oxford American Dictionary, 2nd, Oxford: Oxford University Press, 2005. ISBN 978-0-19-517077-1. OCLC 123434455.
- Oxford Dictionary of English, 3rd, Oxford: Oxford University Press, 2010. ISBN 978-0-19-957112-3. OCLC 729551189.