Gabondagi harbiy toʻntarish (2023)

Gabondagi harbiy toʻntarishGabonda 2023-yilning avgust oyi oxirlarida harbiylar tomonidan uyushtirilgan davlat toʻntarishi. Toʻntarish oqibatida davlat boshqaruvi harbiylar va politsiyachilar qoʻliga oʻtgan.

Gabondagi harbiy toʻntarish

Gabon respublikasining xaritasi
Sanalar 2023-yil 30-avgust
Urush yeri Librevil, Gabon
Sabab Ali Bongo Ondimbaning prezidentlik kursisida uzoq oʻtirib qolishi va harbiylarning 2023-yilgi Gabon prezidentlik saylovidan noroziligi
Natija Hokimiyat harbiylar qoʻliga oʻtdi
Raqiblar
Oʻtish va institutlar tiklanishi qoʻmitasi
Gabon Gabon qurolli kuchlari
Gabon Gabon hukumati
Gabon demokratik partiyasi
Qoʻmondonlar
Bris Oligi Ali Bongo Ondimba

2023-yilning 30-avgust sanasida Gabon armiyasining bir guruh ofitserlari tomonidan harbiy toʻntarish uyushtirildi[1]. Ular Gabon televideniyesining „Gabon24“ kanali orqali chiqish qilib, mamlakat boshqaruvi harbiylar qoʻlida ekanini eʼlon qilishgan. Ushbu toʻntarishga 2023-yil Gabonda oʻtkazilgan prezidentlik saylovi sabab boʻlgan, harbiylar bu saylov natijasidan norozi boʻlishgan. Efirga chiqqan harbiylar bunday davlat tuzumiga chek qoʻyishlarini maʼlum qilishgan. Saylov natijalari bekor qilingan[2][3].

Sabablari

tahrir

2023-yilning avgust oyida Gabonda navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovda mamlakatni 14 yildan beri boshqarib kelgan Ali Bongo Ondimba gʻalaba qozondi. U mamlakatni 1967-yildan beri boshqargan sobiq prezident Umar Bongo Ondimbaning oʻgʻli. 2023-yilgi prezidentlik saylovi kuzatuvchilarsiz oʻtdi, bundan tashqari saylov vaqtida mamlakatda internet uzib qoʻyildi[4].

Voqealar rivoji

tahrir

2023-yilning 30-avgust tongida Gabon poytaxti Librevilda otishma ovozlari eshitilgan[4].

Qoʻzgʻolonchilar orasida respblika gvardiyasi aʼzolari, prezidentning pretoriya gvardiyasi aʼzolari, Gabon armiyasi harbiy xizmatchilari va politsiya zobitlari boʻlgan[2].

Grinvich vaqti boʻyicha soat 5:00 atrofida qoʻzgʻolonchilar televideniye orqali davlat chegaralari nomaʼlum muddatga yopilishini[3] va komendantlik soati oʻrnatilishini eʼlon qilishdi[5]. Yuqori martabali harbiy ofitserlar saylov natijasidan norozi ekanliklarini bildirishdi. Ular televideniye orqali Gabon xalqiga mamlakatni himoya qiluvchi kuchlar ular bilan ekanini hamda Senat, Milliy kengash, Konstitutsion sud va saylov komissiyasi tarqatib yuborilishini eʼlon qilishdi[6]. Shuningdek, internet aloqasi uzildi[5].

Mamlakatning Librevildagi asosiy porti ham nomaʼlum muddatga oʻz ishini toʻxtatdi.

Grinvich boʻyicha soat 11:00 atrofida AFP agentligi prezident Ali Bongo Ondimba uy qamogʻida saqlanayotgani haqida xabar tarqatdi[7].

Harbiy xunta vakili 2023-yil 4-sentyabrda Bris Oligi muvaqqat prezident sifatida qasamyod qabul qilishini eʼlon qildi[8].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir