Gabriela Mistral
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MISTRAL (Mistral) Gabriyela (taxallusi; asl ism-sharifi Lusila Gadoy Alkayaga) (1889.7.4, Vikunya — 1957.10.1, Xempster, SSHA) — chili shoirasi, pedagog , jamoat arbobi. 16 yil oʻqituvchilik qilgan. 1922-yil Meksika taʼlim vazirligiga taklif qilingach, Meksika maktablari va kutubxonalarini isloh qilish loyihasini ishlab chiqqan. 1924—46 yillarda Chili elchisi sifatida Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, AQShda ishlagan. BMT tashkil boʻlgan davrdan Millatlar ligasi ishlarida qatnashib kelgan. Birinchi sheʼriy toʻplami — "Oʻlim so-netlari" (1914). Lirikasida ispan sheʼriyati anʼanalari bilan indeyslar mifologiyasidagi animistik obrazlilik qoʻshilib ketgan. "Noziklik" (1924) sheʼriy toʻplamida onalik baxtidan maxrum ayolning dardlari aks etgan. "Yakson qilish" (1938) sheʼriy toʻplamida fashizm krralangan. M. "Tushkunlik" (1922), "Tala" (1938), "Taxtakach" (1954) kabi sheʼriy va "Laʼnatlangan soʻz" (1950) publitsistik maqrlalar toʻplami mu-allifi. Nobel mukofoti laureati (1945)[1].
Gabriela Mistral | |
---|---|
Tavalludi | 7-aprel 1889 |
Vafoti | 10-yanvar 1957 |
Ijod qilgan tillari | Ispan tili |
Fuqaroligi | Chili |
Manbalar
tahrir