Gabrovo provinsiyasi

(Gabrovo Provincedan yoʻnaltirildi)

Gabrovo (bolgarcha: Oblast Gabrovo) ― Bolgariyaning geografik markazida joylashgan kichik provinsiya. U oʻzining asosiy viloyat nomi – Gabrovo nomi bilan atalgan. 2009-yilda ushbu hududning umumiy aholisi 130,001 kishini tashkil etgan[1][2][3].

Gabrovo

Oblast Gabrovo
Provinsiya
Skyline of Gabrovo
Gabrovo
Bayroq
42°55′0″N 25°15′0″E / 42.91667°N 25.25000°E / 42.91667; 25.25000
Mamlakat Bolgariya
Viloyat Gabrovo
Hukumat
Maydon 2,023.01 km2 (781.09 kv mi)
Aholisi
 (2022-yil dekabr)
95 957
Zichligi 47/km2 (120/sq mi) kishi/km2
Telefon kodi 359
Gabrovo xaritada
Gabrovo
Gabrovo

Munitsipaliteti

tahrir

Gabrovo viloyati (viloyat,  „oblast“) toʻrtta munitsipalitetdan iborat (birlik: obshina,  „obtshina“– koʻplik: obshini, „obshtini“). Quyidagi jadvalda munitsipalitetlarning lotin va kirill alifbosidagi nomlari, har birining 2009-yil holatiga koʻra asosiy shahar yoki qishloqlarining aholisi koʻrsatilgan.

Munitsipalitet Kirill alifbosi Pop.[1][2][3] Shahar/qishloq Pop.[4][2][5]
Dryanovo Dryanovo 10 502 Dryanovo 8043
Gabrovo Gabrovo 67 501 Gabrovo 60,281
Sevlievo Sevlievo 39 537 Sevlievo 24 065
Tryavna Tryavna 12 461 Tryavna 9 831

Demografiyasi

tahrir

Gabrovo viloyatida 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, provinsiya aholisi 144.150 kishini (144.125 nafar ham berilgan), ulardan 48,4 % kishi erkaklar va 51,6 % ayollar edi[6]. 2009-yil oxiriga kelib, Bolgariya Milliy Statistika Instituti tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra viloyat aholisi soni 130 001[1]ni tashkil etdi va ulardan 30,4 % 60 yoshdan oshganlar sanaladi[7].

Etnik guruhlar (2011-yil aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra)[8]:

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, viloyatdagi diniy eʼtiqod[9]:

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish
Eʼtiqod Aholi %
Pravoslav xristianlar 131 325 91,12%
Musulmonlar 8 860 6,15%
Rim katoliklari 432 0,30%
Protestantlar 270 0,19%
Boshqa 534 0,36%
Dinsizlar 2 704 1,88%
jami 144 125 100%

Asosiy shahri

tahrir

Gabrovo Gabrovo viloyatining asosiy shahridir. Uzoq vaqtdan beri charm mahsulotlari va toʻqimachilik buyumlarini ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlib, shaharni „Bolgariyaning Manchesteri“ degan nom bilan mashhur qilgan. Gabrovo jozibali va osoyishta shahar hisoblanadi.

Bolgarlar uchun Gabrovo, asosan, yumor va satira makoni sifatida tanilgan. Bu hudud 1972-yil 1-aprel kuni yaʼni „Ahmoqlar kuni“da ochilgan boʻlib, bu shaharning bolgar hazil-mutoyibasidagi anʼanaviy oʻrnini eʼtirof etish uchun tashkil etilgan. Har bir mamlakatda odamlar maʼlum bir jamoaning taxminiy basililigi haqida hazil aytadilar, Bolgariyada esa hazillar har doim Gabrovo bilan bogʻliq boʻlgan.

May oyida niqobli aktyorlar, xalq musiqasi, animatsion multfilmlar va mukofotlar topshirish jarayonlarini oʻz ichiga olgan hazil va hajviya festivali oʻtkaziladi. Shaharning oʻzida koʻplab restoranlar mavjud boʻlsa-da, mahalliy aholi shahar tashqarisiga chiqib, Bozhentsi va Etara majmuasiga tashrif buyurishni maslahat beradi.

Bojentsi va Etara

tahrir
 
Etara majmuasining koʻrinishi

Bojentsi eski qishloq (muzey) sifatida saqlanib qolgan. Yaqin atrofda ochiq osmon ostidagi etnografik muzey, yaʼni Etar muzeyi mavjud. Vodiy boʻylab choʻzilgan, tiniq koʻpikli oqimi va boy qushlar dunyosi bilan Etara majmuasi xuddi film setidek koʻrinadi va sunʼiy boʻlsa-da, baribir ishontirarli va oʻrganish zavqli.

Anʼanaga koʻra, hunarmandchilik charshya (bozor) bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va bir paytlar Bolgariya shaharlarida keng tarqalgan va qayta tiklangan bozor ochiq osmon ostidagi muzeyning yuragini tashkil etadi. Kunning aksariyat qismida hunarmandlar bu yerda ishlaydilar: pichoqlarni bolgʻalaydilar, koʻzalar yasaydilar, idish-tovoqlarni oʻyadilar va shunga oʻxshash ishlar bilan shugʻullanadilar. Ular tayyorlagan barcha mahsulotlar sotuvga qoʻyiladi. Shuni yodda tutish kerakki, koʻpchilik hunarmandlar majmua rasman yopilishidan bir soat oldinroq ketib qolishadi.

Hunarmandchilikka qiziqishingiz juda kam boʻlsa ham, oddiy materiallardan mahorat bilan foydalanib yaratilgan eski uylarning ichki bezaklariga qoyil qolmaslik qiyin. Ularning goʻzalligi kishini hayratga soladi. Turar joylar va ustaxonalardan tashqari, bozorda tez ichimlik ichish uchun bir nechta joylar, jumladan anʼanaviy choyxona hamda turk lokumi va boshqa koʻplab shirin taomlar sotiladigan novvoyxona ham bor.

Etaradan janubi-gʻarbga tomon bir soatlik yoʻlda Voditsi qishlogʻi tepasidagi qoyada Sokolskiy cherkovi joylashgan. Usmonli imperiyasi davrida rohiblar bolgar qochoqlariga boshpana bergan va 1876-yilgi turklarga qarshi qo‘zg‘olon paytida yigʻilish joyi vazifasini oʻtagan. Bugungi kunda bu kam odam keladigan sokin joy boʻlib, hovlisida sakkiz burchakli tosh favvora atrofida atirgullar va nastarin butalar oʻsadi.

Yana qarang

tahrir

Turizmi

tahrir

Gabrovo viloyatidagi diqqatga sazovor joylar orasida Bozhentsi meʼmoriy qoʻriqxonasi alohida oʻrin tutadi. Markaziy Bolqon milliy bog‘i va Bulgarka tabiat bogʻida piyoda sayr qilish imkoniyatlari keng. Bulgarka tabiat bogʻida Etar arxitektura-etnografik majmuasi, Dryanovo monastiri, Sokolskiy monastiri Shipka dovoni va Uzana hududi joylashgan. Tarixiy turizm ixlosmandlari uchun Shipka Ozodlik yodgorligini koʻrish muhim ahamiyatga ega.

Manbalar

tahrir


Tashqi havolalar

tahrir