Gagauz tili
Gagauz tili — gagauzlar tili. Turkiy tillarning jan.-gʻarbiy (oʻgʻuz) guruhiga mansub. Moldaviya va Ukrainaning janubiyda, Shimoly Kavkaz, Ruminiya, Shim.-Sharqiy Bolgariyada tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 220 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Bu til leksikasida bolgar, rus, moldavan kabi qoʻshni tillarning taʼsiri bor. Gagauz tili fonetikasi-dagi asosiy xususiyat — ikkilamchi choʻziq unlilar mavjud boʻlib, difton-glashuvning yuzaga kelishi va soʻz bo-shida yuqori va oʻrta koʻtarilishdagi unlilar oldidan undoshlarning "y" lashuvidir. Koʻpgina undoshlar old kator unlilar bilan yonma-yon kelganda yumshaydi; gapda soʻzlar erkin tartibda keladi. Yordamchi soʻzlar vositasida birikma hosil qilish rivojlangan. Gagauz tilining asosan chodirlungqumrat (markaziy) va vulkanesht (jan.) lahjalari bor. Gagauz tilining yozuvi 1957 yildan qabul qilingan, kirillrus grafikasiga asoslangan. Alifboga fonetik talabga kura "a", "b", "u" harflari qoʻshilgan.[3]
Gagauz tili | |
---|---|
Milliy nomi | Gagauz dili, Гагауз дили |
Mamlakatlar |
Moldova Ukraina |
Rasmiylik holati | Gagauziya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 489 000 (balkanlik gagauzlar bilan)[1][2] |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | tut oltoy tillari uchun |
ISO 639-3 | gag |
Gagauz tili — gagauzlarning tili. Turkiy tillarning Oʻgʻuz guruhiga kiradi. Asosan Moldovaning Gagauz Yeri avtonomiyasida keng tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilar soni 489 000 kishi. Gagauz tili turk tiliga yaqin. Moldovadagi 2004-yilgi sanoq boʻyicha gagauzlar 147,5 ming kishini tashkil qildi.
Alifbosi
tahrirKirill Alifbosi
tahrirА а | Ä ä | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё |
Ж ж | З з | И и | Й й | К к | Л л | М м | Н н |
О о | Ö ö | П п | Р р | С с | Т т | У у | Ӱ ӱ |
Ф ф | Х х | Ц ц | Ч ч | Ш ш | Щ щ | Ъ ъ | Ы ы |
Ь ь | Э э | Ю ю | Я я |
Lotin Alifbosi
tahrirА а | Ä ä | B b | C c | Ç ç | D d | Е е | F f |
G g | H h | I ı | İ i | J j | K k | L l | M m |
N n | O o | Ö ö | Р р | R r | S s | Ş ş | T t |
Ţ ţ | U u | Ü ü | V v | Y y | Z z |
Manbalar
tahrir- ↑ Ethnologue
- ↑ Ethnologue report for language code: bgx
- ↑ "Gagauz tili" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil